Umumiy naflilik (total utility) so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste’molchi kamayib boruvchi keyingi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
2. Iste’molchi budjeti, uning cheklanganligi va omillari
Iste’molchi xulqini tahlil qilishning asosiy dastagi bo‘lib farqsiz egri chizig‘i xizmat qiladi. Farqsizlik egri chizig‘i iste’molchi uchun A va B tovarlarning u yoki bu tengqiymatli to‘plamini aks ettiruvchi nuqtalarninggeometrik joylashishidir.
Farqsizlik egri chizig‘i tegishli nuqtalarga mos keluvchi ikki tovarning barcha to‘plami (muqobil variantlari) iste’molchi uchun bir xil nafli. Shu sababli, iste’molchi ularning bir to‘plamdan boshqasiga oson o‘tishi mumkin.
Farqsizlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol tovarlari to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi.
Ya’ni iste’molchi uchun farqsizlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi64.
Shunday qilib, iste’molchi xatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi69.
3.Iste’molchi tanlovi nazariyasi. Naflilikni maksimallashtirish qoidasi
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xaridqilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi:
Iste’molchi o‘ziningdaromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xaridqilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim.
ya’ni71:
bu yerda, MU – xva y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning narxi.
Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.72
Iste’molchi o‘ziningdidi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda farqsizlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |