14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari


Har xil tirdagi EM larining ventilyasion tizimlari


Download 59.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1527908
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 -мавзу

Har xil tirdagi EM larining ventilyasion tizimlari. IP44
himoyalanish darajali, ichki va tashqi ventilyasion sistemalarga ega 
bo’lgan asinxron motorlar keng qo’llanilmoqda. Ventilyasiyaning tashqi 
sistemasi ochiq bo’lib, aksial yo’nalishda sovitiladi. Tashqi o’rnatilgan 
markazdan qochirma ventilyator atrof muhitdan havoni so’rib kam 
quvvatli ma-shinalarda korpusining qovurg’alararo kanallariga yoki 
katta quvvatli EM larda issiqlikni almashtirib beruvchi trubali qurilmaga 
yo’naltirilib, ulardan atrof muhitga yana chiqarib yuboriladi. 
Kam quvvatli EM larida ventilyasiyaning ichki sistemasi yopiq 
holda radial yo’nalishda bo’ladi. Ventilyator sifatida rotorning qisqa 
tutashgan hal-qalaridagi qanotchalardan foydalaniladi. Ulardan chiqqan 
havo ikkita oqimga bo’linib bittasi chulg’amlarning pazdan tashqari 
qismidan oqib o’tsa, boshqasi shu qismda maxsus o’rnatilgan 
«panjara»dan o’tadi. Bu oqimlar yana birlashib, issiqlikni almashtirib 
berish vazifasini bajaruvchi – stanina va podshipnik qalqonlarining ichki 
yuzasidan oqib o’tib, sovigan havo yana ishchi qanotchalarga beriladi.
Ichki havoning harakatini to’g’ri yo’naltirish uchun aylanish o’qi 
balandligi 160 mm dan baland bo’lgan asinxron motorlarda «diffuzor» 
deb ataluvchi maxsus to’siqlar qo’yiladi. 
Katta quvvatli asinxron mashinalar aksial havo oqimi ko’p 
yo’nalish-li yopiq ichki ventilyasion sistemaga ega. Ichki ventilyator
havoni stanina- 
ning ichki tomonidagi chuqurchalarga yoki trubali sovitgichlarga bosim 
bilan haydaladi. Sovigan havo ventilyatorga qarama-qarshi tomondagi 
stator chulg’amining pazdan tashqari qismidan ikkita parallel yo’l bilan 
(rotorning aksial kanallari mashinaning havo oralig’i orqali) 
ventilyatorga keladi va sovitilish shu tarzda davom qiladi. 
IP23 himoyalanish darajali asinxron motorlar ventilyasiyaning 
radial sistemasiga ega. Ularda ventilyator sifatida rotor kurakchalari 
xizmat qiladi. Motorga havo podshipnik qalqonlaridagi darchalar orqali 
kirib, ventilyator orqali o’tadi va stator chulg’amining pazdan tashqari 


qismlarini sovitadi, so’ngra stator o’zagi va stanina orasidagi kanal 
orqali o’tadigan havo stanina teshiklari orqali tashqariga chiqariladi. 

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling