14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari
Download 59.73 Kb. Pdf ko'rish
|
14 -мавзу
Ijrochi o’zgarmas tok motorlari
Ijrochi O’TM lari elektr signallarni mexanik harakatga aylantirish uchun mo’ljallangan. Bunday motorlar kam inersiyali, ya’ni boshqarish O’TM ni tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo’lishi lozim. Odatdagi konstruksiyali O’TM larida yakor o’zagining mavjudligi yakorning inersiya momentini ancha orttiradi. Shu sababli ijrochi O’TM lar pazsiz yakorli va yakori bosma chulg’amli qilib tayyorlanadi. Umumiy maqsadli O’TM lariga qo’yiladigan talablardan tashqari ijrochi O’TM lariga boshqarish signalining uzilishi bilan o’z harakatini darhol to’xtatishi va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar qo’yiladi. Elektromagnit qo’zg’atishli ijrochi O’TM larining ikkita chulg’ami bo’lib, ulardan bittasi elektr tarmog’iga doimiy ulanib, uni qo’zg’atish chulg’ami deyiladi. Valning aylanishi zarur bo’lgan holda ikkinchi chulg’amga, ya’ni boshqarish chulg’amiga elektr signali beriladi. Ijrochi O’TM larining konstruksiyasi umumiy maqsadli O’TM larinikidan quyidagilar bilan farq qiladi, ya’ni ularning yakori, staninasi va qutblari yupqa elektrotexnik po’lat tunukalaridan yig’ilgan bo’ladi, chunki bunday motorlarning ishi ko’pchilik hollarda o’tish jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. Ijrochi motorlarning magnit zanjiri to’yinmagan bo’ladi, shu sababli uning ish tavsiflariga yakor reaksiyasi deyarli ta’sir qilmaydi. Mustaqil qo’zg’atishli ijrochi motorlarning ikkita usul bilan, ya’ni yakordan va qutbdan boshqarish mumkin. Tavsiflari chiziqli bo’lganligi va elektr signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to’xtash qobiliyatiga egaligi kabi afzalliklari mavjudligidan yakordan boshqariladigan ijrochi O’TM lari amalda keng qo’llaniladi. Bularda qo’zg’atish chulg’ami motorning butun ish jarayonida elektr tarmog’iga ulangan bo’ladi. Yakor chulg’ami esa boshqarish chulg’ami deyiladi. Bu chulg’amga boshqarish signalini berganda yakor chulg’amidan o’tadigan tok qo’z-g’atish chulg’ami magnit maydoni bilan ta’sirlashib, aylantiruvchi moment hosil qilishi natijasida yakor aylanadi. Ijrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma ferromagnit o’zak ichki stator deb nomlanadigan qo’zg’almas qismda joylashgan bo’lib, yakor chulg’ami esa silindrik karkasga plastmassa bilan quyib mahkamla-nadi. Demak, yakor chulg’ami o’tkazgichlari plastmassa bilan mahkamlangan si-lindrsimon kavak idishdan iborat bo’lar ekan. Ichi kavak yakorning inersiya momenti odatdagi yakornikidan ancha kamligi tufayli motorning yaxshi tezkorlikka egaligi uning afzalligi bo’lsa, qo’zg’atish chulg’ami joylashgan o’zak (tashqi stator) va qo’zg’almas ferromagnit o’zak (ichki stator) orasida katta nomagnit oraliqqa egaligi magnit qarshilikni oshirib zaruriy maydon hosil qilish uchun qo’zg’atish MYuK ni ancha oshirish talab etilishi (demak, motor gabaritining nisbatan oshishi) esa ularning kamchiligidir. Bunday motorlarning FIK taxminan odatdagi konstruksiyali O’TM larniki singari bo’ladi, asosiy maydoni doimiy magnit qo’llab hosil qilina-digan motorlarda esa FIK yana ham yuqori bo’ladi. Elektr mashinalarining qizishi. EM larining ish jarayonida energiyaning bir qismi ulardagi isroflarni qoplashga sarflanadi. Energiya is-roflarining barcha turlari issiqlikka aylanib, asosan EM ning aktiv qismlari xaroratsini oshirsa, uning bir qismi esa atrof muhitga uzatiladi. EM si chulg’amlar, magnit o’tkazgich elementlari va konstruktiv detallar majmuasidan iborat. Bu qismlarning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik sig’imi va sovitilish sharoitlari har xil bo’ladi, bu esa, EM da issiqlik may-doni taqsimlanishining murakkab xarakterda ekanligini ko’rsatadi. Lekin, EM ning qizish jarayonidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash maqsadida EM sini bir jinsli qattiq jism sifatida qaralsa qo’yilgan masalani yechishdagi birinchi yaqinlashish bo’ladi. Bunday taxminda EM ning qizishi uning butun hajmi bo’yicha bir tekis yuz beradi va issiqlik EM sirtining butun yuzasidan bir xil tarqaladi, deb hisoblanadi. Download 59.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling