14-Mavzu: Pedagogik jarayonda innovatsion ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llash shartlari


Download 24.71 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1259943
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu innovatsya

Yangilik - bu intellektual faoliyat natijasidir; bu yangi strategiya, biznesning yangi modeli, yangi tashkiliy tuzilma, yangi marketing usuli, yangi jarayon, yangi texnologiya, yangi mahsulot yoki ularning maʼlum birikmasi.
"Innovatsiya" so'zi va yuqorida sanab o'tilgan tushunchalardan asosiy farqi shundaki, u amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha qiymat yaratadi. Bunday yondashuvda innovatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar va natija bergunga qadar yangilik emas. Innovatsiya- amalga oshirilayotgan jarayonlar, mehnat "mahsuloti", faoliyatni tashkil etish strategiyasining ham tubdan, ham bosqichmabosqich o’zgarishini anglatishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiya har xil nuqtai nazardan - texnologiya, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy muammolar, pedagogik jarayonning o'zgarishi va boshqalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'lgan . Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o'zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va yangilikning to'liq tavsifini berdi. Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi. J.A.Shumpater kombinatsiyalarning quyidagi turlarini aniqlagan edi: 1) yangi texnologiya, texnologik jarayonlardan foydalanish yoki ishlab chiqarishni yangi bozorda qo'llab -quvvatlanishi;
2) yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni joriy etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarishni tahkil etish va xom-ashyodagi o’zgarishlarni texnik qo’llab-quvvatlash;
5) yangi savdo bozorlarini paydo bo’lishi.
Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy sohaga, xususan tadqiqot va innovatsiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. Masalan, Germaniya tadqiqot va ishlanmalar uchun taxminan YAIMning 2,7%, AQSh - 2,8%, Yaponiya - taxminan 3,5% yo’naltiradi. Iqtisodiyoti o'tish davri mamlakatlari ancha kam: Belarusiya - YaIMning 0,74%, Rossiya - 1,04% sarflaydi . Zamonaviy tadqiqotlarda innovatsiyalarni tasniflashning turlicha yondashuvlari mavjud. Innovatsiyalarni tasniflash innovatsiyalar guruhining o’ziga xos xususiyati, uning o’ziga xoslik tomonlarini ochib beradi. Tasniflashni amalga oshirish turli tasniflash belgilaridan foydalangan holda sxemalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Rus adabiyotlarida innovatsiyaning turli tasniflari berilgan. Masalan, A.N.Tsvetkov innovatsiyalar va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni turlicha asoslashni taklif qiladi. U innovatsiya va ilmiy- texnikaviy innovatsiyalar bir-birida farq qiladi deb hisoblaydi. Uning takidlashicha innovatsiya- bu jarayon, ba’zi bir yangiliklarni amalda qo’llashga asoslangan jarayon.
I.Stepanovaning fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasi ilmiy-texnika salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon sifatida talqin etiladi.
L.Vodachek va O.Vodachkova innovatsiyalarni “korxona faoliyatining tizim sifatida maqsadli oʻzgarishi” deb taʼriflaydilar. “Innovatsiya” tushunchasining yuqoridagi taʼriflari oʻzgarishlarni mikroiqtisodiy xususiyatini aks ettiradi va bu yerda ular tashkilot faoliyatini modernizatsiyalash omili sifatida koʻrib chiqilgan. B.Santoning fikriga koʻra, innovatsiya- bu yuqori sifatli texnologiyalar yaratiladigan texnik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. L.A.Bayev va E.V.Shugurov fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasini aniqlashda quyidagi yondashuvlar mavjud:
obyektga koʻra yondashuv;
jarayonli yondashuv;
obyekt-naflilik yondashuvi;
jarayon-naflilik yondashuvi;
jarayonli-moliyaviy yondashuv.
Obyektga koʻra yondashuvga asosan, ilmiy-texnik taraqqiyotning natijasi -yangi texnika va texnologiya – innovatsiyalar boʻlib xizmat qiladi. Obyekt mezoni quyidagilarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi:
bazis innovatsiyalar - yirik ixtirolarni amalga oshirishdan iborat,
texnologiyalarning yangi avlodini yaratishga sabab boʻlgan innovatsiyalar;
takomillashtiruvchi innovatsiyalar, yaʼni ilmiy-texnologik siklning barqaror rivojlanishi bosqichida koʻp uchraydigan kichik ixtirolarni amalga oshiruvchi
innovatsiyalar;
soxta innovatsiyalar (ratsionalizatorlik innovatsiyalar) texnika va texnologiyalarning eskirgan avlodlarini qisman takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, odatda texnik taraqqiyot sekinlashishiga olib keladilar, chunki ular jamiyatga hech qanday samara bermaydi yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Obyekt-naflilik yondashuviga koʻra, innovatsiya yangi ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish asosida ishlab chiqarilgan yangi isteʼmol qiymati sifatida taʼriflanadi. Bu yerda innovatsiyaning naflilik vazifasi ustunlik qiladi - jamiyatning yuqori naflilikka ega boʻlgan ehtiyojlarini qondirish qobiliyati. Jarayon-naflilik yondashuvi doirasida obyekt-naflilik yondashuvdan farqli oʻlaroq, “innovatsiya” kategoriyasiga yangi amaliy vositani barpo etish, tarqatish va qoʻllashning yaxlit jarayoni sifatida qaraladi. Jarayon-moliyaviy yondashuv nuqtai nazaridan, innovatsiya - bu yangiliklarga sarmoya kiritish, yangi asbob-uskunalar, texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarnirivojlantirish uchun moliyaviy resurslarni investitsiyalash jarayoni.I.Abdurahmonovning fikriga koʻra, “Ilm mablagʻga aylansa, ana shu innovatsiya”deb taʼriflaydi.
2. Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan
foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi
axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari
boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin.
Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‗oyalarini rivojlantiradi,
zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan
bog’liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik
variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan
kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan
belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni
boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida
o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga
erishish mumkin.
O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual
qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini maqbul darajada
tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitish turining universal
muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, axborot hajmida
o‘zlashtirilishi cheklanmaganligi bilan ajralib turadi.

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga
kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu,
bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali
o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab
chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‗ri
tashkil etilganiga bog‗liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi:
individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida tashxis testlar
o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi
uchun eng maqbul sharoit yaratiladi. Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta'minlash.

Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling