14-mavzu: sanoat mashina va jihozlari to‘G‘risida umumiy ma’lumotlar


Download 71 Kb.
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi71 Kb.
#1209014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu

Ichki ishqalanish qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda ularning deformatsiyalanishi vaqtida sodir bo‘luvchi va mexanik energiyani qaytmas sochilishga, ya’ni uning ichki energiyasiga aylanishiga olib keluvchi jarayondir.
Mashina va jihozlar ish jarayonida har xil turdagi ishqalanishlar aralash holda sodir bo‘lishi kuzatiladi. Ishqalanish jarayoni mashina va jihozlardan foydalanishda juda muhim omillardan ekanligi sababli olimlar bu jarayonni 100 yildan ko‘proq vaqtdan beri o‘rganib kelmoqdalar. Ular ishqalanish tabiatini tushuntirishga bu jarayonni kerakli yo‘nalishda muvofiqlashtirib borishga ko‘p urinib tashqi ishqalanish mohiyatini bir oz bo‘lsada tushuntirib beruvchi turli gipoteza va nazariy asoslashlarni ilgari surganlar.
Hozirgi kunda:
- ishqalanishning mexanik nazariyasi (1748 y. Fransuz fizigi Kulon, Amonton);

  • ishqalanishning molekulyar nazariyasi (1934 y, rus olimi Deryagin B.V –);

  • ishqalanishning molekulyar - mexanik nazariyasi (1946 y, rus olimlari - Kragelskiy I.V, Deregin B.D);

  • ishqalanishning gidrodinamik nazariyasi (1883 y, rus olimlari – Petrov N.P, Jukovskiy N.E, CHaplin S.A, Mersalov N.E) kabi nazariy asoslar mavjud.

Olimlar bu izlanishlarda ishqalanishning zararli ta’sirlarini iloji boricha kamaytirish imkonini beruvchi qonuniyatlarni kashf etganlar. Agar mashina va jihozlardan foydalanishda ilmiy – tadqiqot izlanishlari natijalari asosida taklif etilgan tavsiyalarga rioya etilsa o‘zaro tutash detallarning uzoqroq ishlashi ta’minlanadi.
14.4. Yeyilish turlari klassifikatsiyasi.
Mashina va jihozlar detallari sirt qatlamlarining ishqalanish vaqtida emirilishi natijasida ular o‘lchamlari, shakllari, massalari yoki sirtqi holatining o‘zgarishi yeyilish deyiladi.
Yeyilish – oqibatida detallar orasidagi tutashlik, kinematik bog‘lanishlar buziladi va ma’lum bir uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi. Detallarning emirilish jarayoni juda murakkab bo‘lib ko‘plab ekspluatatsion (foydalanish) omillarga bog‘liq.
Jismga ko‘rsatilayotgan tashqi mexanik ta’sir, atrof – muhit va ishqalanayotgan metallar xossalariga bog‘liq ravishda:

  • mexanik;

  • teplofizik;

  • kimyoviy yemirilish jarayonlari sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida detallar yuzasining parchalanishini xarakterlaydi.

GOST 16429 – 70 ga ko‘ra emirilishning uch xil turi mavjud:

  • mexanik emirilish;

  • molekulyar – mexanik emirilish;

  • korrozion – mexanik emirilish;

Mexanik emirilish mexanik ta’sirlar natijasida sodir bo‘ladi va quyidagi emirilish turlarini o‘z ichiga oladi:
- abraziv emirilish;
- gidroabraziv emirilish;
- gazoabraziv emirilish;
- erozion emirilish;
- charchab emirilish;
- kavitatsion emirilish.

Abraziv emirilish (14.2- rasm) qattiq jism yoki zarrachaning tirnovchi yoki kesuvchi harakati natijasida vujudga keladi.





14.2-rasm. Abraziv (tinalib) yeyilish sxemasi.
a) eyilayotgan zarracha; b) abrazib (tirnovchi) zarracha; v) moy qatlami.

Odatda, bu qattiq zarrachalar detallarning tutash yuzalari orasiga tashqaridan tushib qolishi yoki ishqalanib ishlayotgan detallar yuzasidan ko‘chib chiqishi mumkin. Bunday zarrachalar ishqalanib ishlaydigan yuzalar orasidagi moyga qo‘shilib qolib emirilish jarayonini keskin ko‘paytirib yuboradi.


Suyuqlik oqimidagi qattiq jism yoki zarrachalar ta’siri natijasida gidroabraziv emirilish, gaz oqimidagi qattiq jism yoki zarrachalar ta’siri natijasida gazoabraziv emirilish sodir bo‘ladi.
Jismga suyuq yoki gaz oqimi to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatganda yuzalarning erozion emirilishi sodir bo‘ladi. Material mikrohajmlarining ko‘p marotabalab deformatsiyalanishi natijasida charchab emirilish yuzaga keladi. Bunday hodisa yoriqlar paydo bo‘lishiga va metall zarrachalarining ko‘chib chiqishiga olib keladi.
Suyuqlik ichida kavitatsiya sharoitida turgan qattiq jismning nisbiy harakati natijasida kavitatsion emirilish sodir bo‘ladi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling