14-MAVZU: SANOAT MASHINA VA JIHOZLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
REJA:
14.1. Mashinalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
14.2. Sanoat mashina va jihozlarining sifat ko‘rsatkichlari.
14.3. Mashina detallaridagi ishqalanish.
14.4. Yeyilish turlari klassifikatsiyasi.
14.5. Detallarning emirilishiga ta’mir etuvchi omillar.
Tayanch iboralar: mashina, sanoat mashina, mashina detallari, yeyilish turlari, detallarning yemirilishi.
14.1. Mashinalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Mashina – energiya, materiallar va axborotni o‘zgartirishda harakat bajaruvchi mexanik qurilma (lotincha machina – aynan, qurilish) bo‘lib, uning asosiy vazifasi inson mehnatini engillashtirib ish unumdorligini oshirish maqsadida insonning ishlab chiqarishdagi vazifasini qisman yoki to‘liq bajarishdir.
Energiyani o‘zgartiruvchi energetik mashina;
mehnat predmetining shakli, xossalari va vaziyatini o‘zgartiruvchi ish mashinasi;
axborot to‘plash, uni qayta ishlash va undan foydalanishga mo‘ljallangan axborot mashinasi bor.
Energetik mashinaga elektr dvigatellar va elektr generatorlar, ichki yonuv dvigatellari, turbina, bug‘ mashinalari va boshqalar;
Ish mashinasiga texnologik mashina yoki mashina – qurollar (metal qirqish stanoklari, qurilish, konchilik, qishloq xo‘jalik, to‘qimachilik mashinalari), transport mashinalari (avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar, teploxodlar va boshqalar), yuk tashuvchi mashina (konveyerlar, elevatorlar, ko‘tarish kranlari, ko‘targichlar);
Axborot mashinasiga hisoblash mashinalari va qurilmalari, shifrlash mashinalari, mexanik integratorlar va boshqalar kiradi. Elektron hisoblash mashinalari, aslida mashina emas, chunki ularda mexanik harakatdan faqat yordamchi operatsiyalarni bajarishdagina foydalaniladi.
Ishlab chiqarishda mustaqil, insonning bevosita ishtirokisiz barcha texnologik jarayonlarni va yordamchi operatsiyalarni bajaruvchi avtomatlar keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |