1-topshiriq. Quyidagi sifatlarni qavs ichidagi otlarga biriktirib, gaplar tuzing. Ayrim sifatlarning ot bilan so‘z birikmasi hosil qilolmaslik sabablarini tushuntiring.
Katta (uy, dohiy, shamol); ulug‘ (maktab, inson, tabiat); qiziq (gazeta, roman, Buxoro); oppoq (paxta, sut, fikr); oqsoqol (chol, echki, bola); kichik (kitob, ovoz, aql); yuqori (bino, til, lavozim); go‘shtdor (tovuq, somsa); qalin (do‘st, yo‘l, odam); keng (sahro, daftar, choynak); oriq (qiz, sigir, yer); ozg‘in (sigir, kishi).
2-topshiriq. “Tafakkur durdonasi” musobaqa o‘yini asosida blits-so‘rov:
Savollar:
1.Bir so‘zi juftlashib kelganda qanday ma'noni ifodalaydi?
2.Sifatning ozaytirma daraja shakllari qanday hosil bo‘ladi ?
3.Sifatning to‘liq va noto‘liq shakllari qanday hosil bo‘ladi.
4.Sifatlardan badiiy adabiyotda qanday tasviriy vosita sifatida foydalaniladi?
5. Sonning qaysi turlari otlashadi?
6. Son qatnashgan maqollarga misollar keltiring.
7. Sifat antonim bo‘lib kelgan maqollarga misollar keltiring.
8. Asliy va nisbiy sifatlarga misollar ayting.
3-topshiriq. Tushunchalar tahlili metodidan foydalanib, jadvalni quyidagi so‘zlar bilan to‘ldiring.
Tanga, tillo, asr, yil, yosh, yashar, tanob, quloch, oylik, oy, hafta, so‘m, tiyin, soat, kunduz, kunlik, qadam, metr, paqir, daqiqa, miri, siqim, kilometr, soniya, lahza, chaqa, dollar, bir karra, chaqirim, chiqim, ikki kun, bir haftalik.
Uzunlik o‘lchovi
|
|
Vaqt o‘lchovi
|
|
Yosh hisobi
|
|
Pul hisobi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |