14-mavzu: Sipral parmalarni charxlash


Download 193.11 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi193.11 Kb.
#1327473
Bog'liq
14-mavzu


14-mavzu: Sipral parmalarni charxlash

Noto’g’ri foydalanshda tez kesuvchi po’latdan tayyorlangan parma shu darajada qiziydiki, hatto qattikdik xossasini yo’qotib qo’yadi. Parmaning yaroqsizlanganini ish jarayonida chiqayotgan g’ichirlagan ovozdan aniklash mumkin. Tajribali ishchy parmaning o’tmas bo’lib qolganini darhol payqaydi. 187-rasmda parmaning yeyilish turlari ko’rsatilgan.


Kesuvchi asbobning turg’unligi va teshik sirtining tozaligiga erishish uchun asbobni suv bilan sovutib turiladi. Parmalanadigan materiallarni parmalash jarayonida qizib ketishining oldini olish uchun sovutish suyuqtshgi qo’llaniladi. Ularning tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.
Odatda, parmalarni markazlashgan usulda maxsus ustaxonalarda charxlanadi. Ammo chilangar kerak bo’lib qolganda parmani charxlashni bilishi, ishni ximoya ko’zoynaklarini taqib bajarishi kerak. Chap qo’l bilan asbobning kesuvchi qirrasiga yaqin joydan ushlab, o’ng ko’l bi­lan aylanayotgan tosh sirtiga parmani tekkiziladi (188-rasm, a, b). Keyin aylanayotgan toshdan uzmatan holda o’ng qo’l bilan parmani o’z o’ki atrofida burib orqa sirti charxlanadi. Charxlashda parmani suyuqlik bilan sovutiladi va qirovi brusoqsa uzil-kesil to’kiladi. Katta diametrli parmalarni maxsus charxlash dastgoxlarida charxlanadi. Par; malarni charxlash tavsifi 2-jadvalda keltirilgan. Charxlanish sifati andozalar bilan tekshiriladi. Uch tirqishli andoza bilan ke­suvchi qirra uzunligini, o’tkirlik burchagini hamda ko’ndalang qirrasining og’ish burchagini aniqlash mumkin (189-rasm).
190-rasmda parma elementlarini o’lchash uchun ishlatiladigan as-bob ko’rsatilgan. Undan foydalanib, zubilo, parma, kreysmeysel va boshqa qirquvchi asboblar kesuvchi qirralarining parametrlarini o’lchash mumkin.
1-jadval
Parmani sovutish uchun takaya etiladngan suyuqliklar


Parmadanadigan material

Tavsiya etiladigan sovutish suyuqligi

Po’lat

Sovun emulsiyasi.

Cho’yan

Sovun emulsiyasi yoki quruq ishlov berish.

Mis




Alyumin
Dyuralyumin




Silumin

Sovun emulsiyasi, spirt aralashmasi.

Rezina, ebonit, fibra



Quruq ishlov beriladi.


2-jadval
Parmalarni charxlash


NAZORAT SAVOLLARI
Ish jarayonida parma nima uchun qizib ketadi?
Parma kesuvchi qirrasining turg’undigini oshirishda qo’llaniladigan choralarni ayting.
Parma qavday o’tkirlanadi?
Charxlanish sifati qanday tekshirvdadi?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003.
2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999.
3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: 1989.
4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983.
5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998.
6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983.
7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982.
Download 193.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling