14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash
Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishi
Download 55.5 Kb.
|
Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori
2.Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishiDavolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi alohida qurilgan binoda yoki davolash-profilaktika muassasasiga qarashli binoning bir bo‘lagida alohida blok holida tashkil etilishi mumkin. Dorixona amaldagi me’yoriy hujjatlarining sanitariya qoidalari va me’yorlari talabiga mos keladigan hamda dori vositalarini farmatsevtika talablariga asosan saqlanishini ta’minlaydigan binolarda tashkil etiladi. Dorixonaning umumiy maydoni, xonalar soni va o‘lchamlari shifoxonaning ixtisosi, tuzilishi, faoliyat turi hamda ish hajmiga qarab belgilanadi. Bunda dorixonaga sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga mos keladigan, bajaradigan ish hajmiga qarab xonalar ajratiladi. Davolash-profilaktika muassasasi dorixonasi binolari va jihozlanishi, faoliyat yuritish me’yor va qoidalari 26 dekabr 2016 yilda qabul qilingan SaNPiN№0337—16 bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish xonalari texnologik jarayonni hisobga olgan holda uzviy ketma-ket bog‘langan bo‘lishi kerak. Dorixonaning ishlab chiqarish xonalari ichki devorlari yuzasi va shiftlari tekis bo‘lishi, ular dezinfeksiyalovchi hamda yuvish vositalari bilan changdan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Jumladan devorlarning yuzasini qoplash uchun och rangdagi suvga chidamli emal bo‘yoqlardan, kafellardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ushbu xonalarning pollariga plitkalar, kafellar yotqizilishi yoki choklari biriktirilgan lenolium bilan qoplanishi mumkin. Boshqaruv xonalari va yordamchi xonalarning ichki devorlari yuzasi, shifti hamda pollarini pardozlashda boshqa qurilish materiallaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlar omborxonasi sanitariya qoidalari hamda me’yorlari talablariga javob berishi kerak va dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari, qo‘llanmalari asosida, farmatsevtika talablari darajasida saqlash uchun kerakli mebellar, stellajlar, shkaflar, asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborxona pollarining yuzasi dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalari bilan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Termolabil dori vositalarini saqlash xonasida zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lishi, bunda xonaga kondensioner-sovutkichlar qo‘yilishi hamda xona havo harorati va namligini o‘lchash asbobi (termometr, gigrometr yoki psixrometr) bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu o‘lchov asbobi poldan 1,5—1,7 metr balandlikda, kirish eshiklari va isitish asboblaridan kamida 3 metr masofada o‘ratiladi hamda kundalik harorat ko‘rsatkichi maxsus daftarda qayd etib boriladi. Daftar to‘lgandan so‘ng bir yil saqlanadi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi. Dorixonada ishlab chiqarish xonalari (assistent xonasi, aseptika bloki) dorixona mebellari, dori turlarini tayyorlashda, aralashtirishda, filtrlashda, qadoqlashda, idishlarga quyishda, idishlar og‘zini berkitishda, sterillashda, sifatini tekshirish va baholashda, yorliqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, shuningdek, o‘lchov asboblari, tosh-torozilar, kimyoviy reaktivlar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. Dorixonada ishlatiladigan o‘lchov asboblari, tosh-torozilar Davlat qiyoslash markazi tomonidan belgilangan tartibda metrologiya ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling