14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash


Dori vositalaridan oqilona foydalanishda AVS va VEN tahlillarni qo‘llash


Download 55.5 Kb.
bet4/6
Sana11.05.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1453740
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori

5. Dori vositalaridan oqilona foydalanishda AVS va VEN tahlillarni qo‘llash


Davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalariga bo‘lgan talabini qondirishga ketuvchi xarajatlarning to‘xtovsiz oshib borishi muhim muammolardan biridir. Bu jarayonni boshqarib turuvchi mexanizmlardan biri AVS-VEN tahlildir.
AVS tahlil – alohida dori vositalari va tibbiy buyumlarni yillik ehtiyoj asosida eng ko‘p hamda eng kam harajat ketuvchi uch guruhga ajratib, moddiy boyliklardan ratsional foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Bu tahlil tibbiyot muassasalarida sarflanayotgan dori vositalari byudjetini aniq hisobini olishga yordam beradi.
G‘amlamalarni boshqarish usullari yordamida aniqlangan dorilar ist’emolining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu kam sonli dori vositalari maksimal iste’molidir. Quyidagi 1-jadvalda uchta guruh dori vositalari nomenklaturasining solishtirma og‘irligi va hajmi (qiymatda) ko‘rsatilgan. Aniqlanishicha, dori vositalarining nomenklaturasining taxminan 10-20 % va 60- 80 % hajmda (qiymatda) iste’mol qilinar ekan.
A guruh - umumiy yillik sarf-harajatlarning 80 % ni tashkil qiluvchi dori vositalari kiritilib, ular barcha o‘rganilayotgan dori vositalarining 10-15 % ini tashkil qiladi. V guruhga 15 % atrofida harajat dori vositalari kirib, umumiy nomenklaturaning 2030 % ini tashkil qiladi.
S guruh 50-60 % dori vositalarini turini o‘z ichiga oluvchi hamda 5 % harajat ketuvchi dori vositalari guruhidir.
A guruh dori vositalari asosiy dori vositalari bo‘lib, odatda davolash-profilaktika muassasasining farmakoterapevtik formulyari ro‘yxatiga kiritiladi.
AVS va VEN tahlillar dori vositalarini mavjud ro‘yxatga kiritish yoki boshlang‘ich ro‘yxatdan ikkinchi darajali va analoglariga nisbatan narxi baland bo‘lgan dori vositalarini ro‘yxatdan olib tashlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
AVS-tahlili natijasida kundalik, oylik, yillik harajatlarni hisoblash, sarflanayotgan dori vositalari sonini aniqlash, chiqimlarni kamaytirish va sotib olishni rejalashtirish, tovarlarni grafik bo‘yicha etkazib berish, eng arzon, samarali ta’sir kuchiga ega bo‘lgan mahsulotlarni tanlash, xodimlarni taqsimlash, g‘amlamalarni boshqarish, yaroqlilik muddatiga e’tibor berish va boshqalarni samarasi oshadi.
Shuningdek, bu tahlil xulosalariga asoslanib, kam samarali, bemorlar uchun o‘ta zarur bo‘lmagan dori vositalariga mablag‘ sarflashni oldini olish bilan birga, shu mablag‘ni asosiy dori vositalarini sotib olishga sarflashga imkoniyat beradi.
VEN-tahlili dori vositalarini samarali qo‘llanilishini baholab, AVS tahlil bilan bir vaqtda o‘tkaziladi hamda dori vositalarini sotib olish jarayonida ularni hayotiy, muhim va ikkinchi darajali guruhlarga ajratish ro‘yxatini tuzishda yordam beradi.
Tahlilda dori vositalarini ta’siri, samarasiga qarab, V,E,N guruhlarga ajratiladi.
V (vital)- hayotiy dori vositalarining guruhi bo‘lib, inson hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan dori-vositalari, ularning yo‘qligi havfli va salbiy hayotiy asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lib, hayotiy jarayonni qo‘llab turuvchi asosiy vazifani bajaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu guruh vakillari majburiy tartibda formulyar ro‘yxatiga kiritiladi.
E (essential) muhim dori vositalari guruhi bo‘lib, eng ko‘p tarqalgan havflilik darajasi kamroq, lekin jiddiy kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan muhim va samarali dori vositalaridir.
N (Non-essential) ikkinchi darajali dori vositalari guruhi bo‘lib, engil kasalliklarda, chegaralangan kasalliklarda ishlatiladigan, juda qimmat yoki gumonli samaradorlikdagi, ahamiyatsiz farmakologik kuchga ega dori vositalaridir.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling