14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash


Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari


Download 55.5 Kb.
bet5/6
Sana11.05.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1453740
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori

6. Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2005-yil 12-oktabrda 506-sonli buyrug‘i asosida dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni nazorat qiluvchi „Doimiy faoliyatdagi hay’at“ (keyinchalik matnda DFH) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi va barcha davolash-rrofilaktika muassasalarida tashkil etilgan va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘iga, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti bosh shifokorlariga bo‘ysunadi.
DFH o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur nizomga amal qilgan holda olib boradi.

7. Farmakoiqtisodiy tahlilning farmatsevtika faoliyatidagi o‘rni, farmakoiqtisodiy tahlil usullari


Farmakoiqtisodiyot bu – sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarni dori vositalari bilan davolash qiymatini tahlil qilishdir.
Tibbiyot tizimi rivojlangan davlatlarda asosiy mablag‘lar farmakoterapiya, bemorlar tashxisi, profilaktika ishlari va statsionar davolashga yo‘naltiriladi.
Farmakoiqtisodiy tahlil davolash-profilaktika muassasalarida aksariyat hollarda qanday dori vositalaridan foydalanish zarurligini, bemor uchun berilgan eng yaxshi, samarali va havfsiz dori vositasini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, ikkita davolash usullarini taqqoslash mumkinki, bunda ushbu davolash sxemasini qo‘llashda bemorning sog‘ligi yaxshilanishi hamda kasallikni davolash uchun aniq dori vositasini tanlash imkonini beradi.
Farmakoiqtisodiyot o‘rganuvchi sohalar:
– kamida ikki xil ko‘rinishdagi davolash usullarini solishtirish asosida farmakoterapevtik xulosa olish;
– yangi dori vositalarini havfsizligi va samaradorligini aniqlash;
–farmakoterapiya va tashxis qo‘yishda iqtisodiy harajatlarni hisoblash;
– farmakoepidemiologik statistika (farmakoepidemiologiya-farmakoiqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, bozorda yangi ishlab chiqarilgan dori vositalarining segmenti, zararlilik va havfsizlik darajalarini tekshiradi);
– dori vositalarini bir guruh kasalliklarda klinik sinovlarini hujjatlashtirish.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling