14-Mavzu. Tashqi savdo siyosati


Download 86.59 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi86.59 Kb.
#1428793
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-amaliyot

14-Mavzu. Tashqi savdo siyosati


Reja
14.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
14.2. Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.
14.3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.
14.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.


14.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
Tashqi savdo siyosati – byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, lisenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi.



Download 86.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling