14-Mavzu. Tashqi savdo siyosati
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari
Download 86.59 Kb.
|
14-amaliyot
14.3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni o’sishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Ammo subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi, raqobat muhiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Lisenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi. Lisenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Liseniyalar berish huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank. Lisenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga lisenziyalar samarasiz joylashtirilsa. Download 86.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling