14-mavzu. Tashqi ta`sirlar va unga oid davlat siyosati reja


Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar


Download 256.62 Kb.
bet11/12
Sana24.12.2022
Hajmi256.62 Kb.
#1062030
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI

Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar.
Tashqi ta’sirlar bozorlarning samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘lsa-da, hukumat harakati har doim ham muammoni hal qilish uchun zarur emas. Ba’zi hollarda, odamlar xususiy yechimlar ishlab chiqishi mumkin.
Xususiy yechim turlari.
Ba'zan tashqi ta’sir muammolari ma'naviy kodekslar va ijtimoiy sanksiyalar bilan hal etiladi. Ko‘p odamlar nima uchun, masalan, hamma joyni iflos qilmasligini ko‘rib chiqaylik. Iflos qilishga qarshi qonunlar mavjud bo‘lsa-da, bu qonunlar kuchli amal qilmaydi. Ko‘pchilik odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday qilish, albatta, noto‘g`ri narsa. Ko‘pchilik bolalarga o‘rgatiladigan “Oltin qoida”ga ko‘ra, "hammani o‘zingdek bil". Bu ma'naviy to‘siq bizning xatti-harakatlarimiz boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi. Iqtisodiy jihatdan, u tashqi ta’sirni o‘zlashtirish ma’nosini bildiradi.
Tashqi ta’sirlar uchun yana bir xususiy yechim tashqi ta’sirlarni hal qilish uchun tashkil etilgan xayriyalardir. Misol uchun, maqsadi atrof-muhitni himoya qilish bo‘lgan “Sierra Club” xususiy xayriya bilan moliyalashtiriladigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Boshqa bir misol sifatida kollej va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, korporatsiyalar va fondlardan sovg`alar oladi, chunki ta'lim jamiyat uchun ijobiy tashqi ta’sir olib keladi. Hukumat xayriya uchun daromad solig`iga imtiyozlar beruvchi soliq tizimi orqali tashqi ta’sirning bu xususiy yechimini rag`batlantiradi.
Xususiy bozor ko‘pincha tegishli partiyalarning manfaatlariga tayanib tashqi ta’sirlar muammosini hal qilishi mumkin. Ba'zan hal qilish turli xil biznes integratsiyasi shaklini oladi. Misol uchun, bir-biriga yaqin joylashgan olma yetishtiruvchi va asalarichini olaylik. Har bir biznes boshqasiga ijobiy ta'sir etmoqda: daraxtlar gulini changlash orqali asalarilar bog`bonga olma yetishtirishda yordam beradi. Shu bilan birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar olib asal ishlab chiqarish uchun foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, olma yetishtiruvchi qancha daraxt ekishga qaror qilishi va asalarichi qancha asalari saqlashga qaror qabul qilishida ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada, olma yetishtiruvchilar juda kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari saqlaydi. Asalarichi olma bog`larin yoki olma yetishtiruvchi asalari qutilarini sotib olsa, bunda tashqi ta’sirlar o‘zlashtirilishi mumkin: har ikki faoliyat keyin bir xil firma ichida bo‘ladi va bu firma daraxtlar va asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin bo‘ladi. Tashqi ta’sirni o‘zlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb qilinishining bir sababidir.
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda, olma yetishtiruvchilar va asalarichi o‘rtasidagi shartnoma juda kam daraxt va juda oz ari muammosini hal qilishi mumkin. Shartnoma daraxtlar sonini, asalarilar sonini va ehtimol, bir tomonning boshqa biriga to‘lovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilarning aniq sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi bo‘lishi mumkin.
Kouz teoremasi
Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi hollarda juda samarali bo‘lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko‘ra, agar xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida savdolashishi mumkin bo‘lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi.
Kouz teoremasi qanday ishlashini ko‘rish uchun, bir misolni ko‘rib chiqaylik. Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo‘shnisi Jeynni bezovta qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir ko‘rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi?
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko‘rib chiqaylik. Ikki muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko‘proq bo‘lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali bo‘ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo‘lsa, unda Dik itdan xalos bo‘lishi kerak.
Kouz teoremasiga ko‘ra, xususiy bozor samarali natijani o‘zi topadi. Qanday? Jeyn shunchaki itdan qutilish uchun Dikga to‘lash taklifini qilishi mumkin. Jeyn taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo‘lsa, Dik shartnomani qabul qiladi.
Narx ustida savdolashish orqali, Dik va Jeyn har doim samarali natijaga erishishi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 500 so‘mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so‘mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Jeyn itdan qutilish uchun Dikga 600 so‘m taklif qilishi mumkin va Dik buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomon ham oldinga qaraganda yaxshiroq va samarali natijaga erishadi.
Albatta Dik qabul qiladigan har qanday narxni Jeyn taklif qilishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 1000 so‘mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so‘mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Jeyn 800 so‘mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dik esa 1000 so‘mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dik itni olib qoladi. Shunday bo‘lsa-da, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali hisoblanadi.
Hozircha, biz Dik huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqiga ega deb tasavvur qildik. Boshqacha aytganda, biz Jeyn Dikni ixtiyoriy ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to‘lamasa, Dik Spotni olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, Jeyn tinchlik uchun haqli bo‘lsa, natija qanday qilib har xil bo‘ladi?
Kouz teoremasiga ko‘ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning samarali natijaga erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Jeyn qonuniy Dikni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin, deylik. Bu huquqqa ega bo‘lish Jeyn foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o‘zgartirmaydi. Bu holda, Dik itni saqlashga ruxsat berish uchun Jeynga to‘lov taklif qilishi mumkin. Dik uchun itning foydasi Jeyn uchun it hurishi harajatidan ortiq bo‘lsa, u holda Dik va Jeyn Dik itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi.
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dik va Jeyn samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o‘rinsiz emas: bu iqtisodiy farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dikning huradigan itga yoki Jeynning tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga to‘lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham ikki tomon bir-biri bilan savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan yuqori bo‘lsagina Dik it saqlay oladi.
Xulosa uchun: kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o‘zaro tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib, har doim har bir kishi uchun yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.

Download 256.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling