14-mavzu: tayyor mahsulot va uning


Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi


Download 41.64 Kb.
bet10/12
Sana20.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1634602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14 tayyor mahsulot

8. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi
Dargumon qarz - bu korxonaga o‘z vaqtida kelib tushmagan yoki kelib tushishi bo‘yicha kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar, Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobot davri oxirida korxona debitor qarzlari bo‘yicha ugkazilgan inventarizatsiya natijalari asosida tashkil etiladi. Tashkil etiladigan rezerv summasining miqdori qarzdorning moliyaviy holatiga bog‘liq ravishda va qarzning kisman yoki to‘liq kelib tushish ehtimolini inobatga olgan holda har bir qarzdor bo‘yicha alohida aniqlanadi. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar, odatda, korxona foydasi hisobidan tashkil etiladi. Ushbu turdagi rezervlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tashkil etiladi. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobini yuritishda 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘idan foydalaniladi. Ushbu hisobvaraq kontraktiv bulib, uning kreditida rezervni tashkil etish muomalalari aks ettirilsa, debetida undan foydalanish ko‘rsatiladi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasi tashkil etilganida quyidagicha provodka beriladi:
Dt 9430-«Boshqa operatsion harajatlar» K-t 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar».
4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraklarning o‘zaro aloqasi



Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet
debet

kredit

Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar tashkil etildi

9430

4910

Berilgan bo‘naklar bo‘yicha dargumon qarzlarning hisobdan chiqarilishi

4910

4310

Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan haridor va buyurtmachilar qarzlarining Hisobdan chiqarilishi

4910

4010 4020

Hisobot yilida foydalanilmagan dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasi kelgusi yil foydasiga utkazildi

4910

9390


Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling