14-mavzu. Transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishda terminallar tizimi. Reja


Temir yo‘lda kompleks transport ekspeditorlik xizmatlari


Download 46.17 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi46.17 Kb.
#1375542
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Ma\'ruza

Temir yo‘lda kompleks transport ekspeditorlik xizmatlari
Transport-ekspeditsion xizmat ko‘rsatish tushunchasi ostida korxonalar va tashkilotlarning yuklarini jo‘natish va yetib kelishi bilan bog‘liq jarayonlarni turli xil transport turlaridan ( temir yo‘l, suv, havo va xalqaro avtomobil )foydalangan holda amalga oshirish tushuniladi. Transportno-ekspeditsion jarayonlar bevosita yuk jo‘natuvchi maydonida, yoki yuklarni jo‘natish punktlarida turli xil transport turlari yordamida, yuklarni bir transport turidan boshqasiga yuklash jarayonida transport uzellarida, temir yo‘l yuk xovlilarida, portlar, aeroportlar, yuklarni qayta ishlovchi terminallar, chegara punktlari, yuk tashish jarayoni va yuk oluvchi maydonchalarida amalga oshiriladi.
Kompleks tranport ekspeditsion xizmat ko‘rsatishda yukni yuk jo‘natuvchidan yuk oluvchiga qadar o‘z vaqtida ,sifatli va bitta hujjat orqali yetkazilishida ekspeditorning to‘liq va yagona javobgarligiga erishiladi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda zaruriy transport logistik majmua xizmat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
Zamonaviy transport ekspeditsion kompaniyalar quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshiradi:
- yuklarni transport ekspeditsiyasi bilan kelishilgan sharnomaga asosan belgilagan vaqtda va sifatli yetkazib berilishini tashkil etish;
- yuklarni yetkazishda qatnashadigan barcha ishtirokchilar jamligini tashkil etish;
- yuk egalarining hohish va talablaridan kelib chiqqan holda yuklarni yetkazish transport – texnologik marshrutlarining texnologik va iqtisodiy asoslashni tuzish;
- yuklarni tashishga qabul qilish, tashish va ularni oluvchilarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
- turli xil transport turlarini o‘zari hamkorligini tashkil etish;
- yuklarning jo‘natish markirovkasi va yuk tashish vositalari, konteynerlar, sovutib tashish kameralari, bunker va boshqa transport vositalarining plombalarining mavjudligi yuzasidan nazorat qilish;
- yuklarni ortish-tushirish, olib o‘tish, omborxona va qadoqlash jarayonlari ustidan hamda yuklarni tashish jarayonida ularni saqlash, yig‘ish va topshirish muddatlarining bajarilishini nazorat qilish;
- tashish jarayonining barcha bosqichlarida yuk-transport va boshqa kuzatish hujjatlarining rasmiylashtirilishi;
- yuklarni sug‘urta qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
- tashish tannarhini hisoblash;
- yuk egalarini yukning tashilish jarayonidan xabardor etib borish;
- yuklarning borish manzillarini belgilangan tartibda o‘zgartirish, so‘ralmagan yuklarni realizatsiya qilishni tashkil etish, hamda zaruriy hollarda, yuklarni va transport vositalarini qidirish ishlarini tashkil etish.
Maxsuslashtirilgan transport-ekspeditsion kompaniyalar mijozlarni ularga xos bo‘lmagan jarayonlardan ozod etadi va shu bilan birga tovar-material oqimi harakatini tezlashtirish, transport harajatlarini, yuklarning buzilishi va yo‘qolishini kamaytirish hamda mijozlarga qo‘shimcha servis va tijoriy xizmatlarni taklif etish kabi qulayliklarni tug‘diradi.
Hozirgi kunga kelib jahonda bir necha kuchli transport va transport-ekspeditsion kompaniyalardan tashkil topgan yagona trasnport majmui tashkil topdi. Yukni tashuvchilarga taqdim etadigan asosiy shaxs bo‘lib ekspeditor maydonga chiqdi. Ekspeditorlar bugungi kunda 60% magistral va 75% xalqaro miqyosda tashiladigan yuklarni nazorat qilishadi. Xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasi Federatsiyasi ma’lumotga ko‘ra, jahonda 8 mln. ishchilarga ega bo‘lgan 35 ming yirik va o‘rtacha ekspeditorlik firmalari mavjud. Shu bilan birga, mayda ekspeditorlik firmalari ham birmuncha ko‘proqdir.
Hozirgi kunga kelib ekspeditorlarning xuquqlari tobora kengayib bormoqda. Bugungi kunda ekspeditorlarning vazifalariga bir necha yillar avval umuman ularga xos bo‘lmagan quyidagi mas’uliyatlar kirishi mumkin:
- uchinchi shaxslarni jalb etish xuquqi;
- shaxsiy transport vositalari va omborxonalardan foydalanish;
- aralash tashishlarda yuk tashishda operator sifatida ish yuritishi;
- qadoq va idish(tara)ni tayyorlash;
- transport vositalari va omborxonalarning egalari sifatida ish yuritish;
- yuklarni yetkazish jarayonida ularni qayta ishlash, sotib olish va qayta sotish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish



Download 46.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling