14-mavzu. Transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishda terminallar tizimi. Reja


Download 46.17 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi46.17 Kb.
#1375542
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Ma\'ruza

Ixtisoslashtirilgan terminallarga ma’lum yuk turlari yoki assortimenti uchun, masalan, tez buziladigan, oziq-ovqat, tibbiy tovarlar, qog’oz va hokazolar uchun transport-logistika servis amallarini koʻrsatadigan terminallar kiradi. Terminallarning ixtisoslashuvi raqobatchilik kurashi sharoitida mijozlarga servis xizmat koʻrsatishning yuksak darajasini ta’minlash zarurligi bilan izohlanadi. U mijozlarning yuklarni tashish, saqlash va ularga ishlov berishga qoʻygan talablarini hisobga olish, logistika menedjmentining samaradorligini va servisning sifatini oshirish, ixtisoslashgan avtotransport vositalarining optimal turlarini tanlash va logistika xarajatlarini kamaytirish imkonini byeradi.
Bugungi transport-ombor majmualari holatini tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, ob’ektlarning koʻpchiligi mijozlarga keng xizmatlar koʻlamini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmagan kichik, kam jihozlangan omborlardan iborat. Qoʻllanadigan texnologiyalar takomillashmaganligi omborda yuklarga ishlov berish xarajatlari koʻpayishiga, ishlov berish muddatining ortishiga, navbatda turish uzayishiga olib keladi, bu esa pirovardida koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini pasaytiradi.
Shu munosabatda, yuk joʻnatuvchilarga va yuk oluvchilarga transport xizmatlari koʻrsatilishining sifatini oshirish, shuningdek yuk tashishning samaradorligini hamda Oʻzbekiston yuk tashuvchilarining va ekspeditorlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun, tashkiliy, texnikaviy va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi asosidagi yuklarni, jumladan eksport-import yuklarini yetkazib berishning terminal tizimlarini joriy qilish kyerak.
Ushbu tizimlardan foydalanish afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • yuklarni yuk joʻnatuvchidan yuk oluvchigacha yetkazib berish jarayoni belgilangan muddatlarda, mijozga transport-ekspedisiyaviy xizmatlar majmuasi taqdim etilib amalga oshiriladi;

  • yuklarni yetkazishning yuqori tezligi ta’minlanadi;

  • mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati oshadi va yuklarni yetkazish muddatlari qisqaradi;

  • yuk tashishda yuklarni yoʻqotish kamayadi;

  • harakatlanuvchi sostavdan foydalanish unumdorligi oshadi;

  • avtotransport vositalari minimal turibqolgan hodla, yuularga unumli ishlov berish ta’minlanadi;

  • avtopoyezdlarni tayyorlash va joʻnatish uchun muddat qisqaradi;

  • terminalda yuklarni saqlash muddati kamayadi;

  • yuklash-yuk tushirish ishlarining mexanizasiyalashuvi va yuklarnig harakati haqida axborotning optimaldarajasi ta’minlanadi.




Download 46.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling