14-Mavzu: Xarakter. Reja


Download 23.02 Kb.
bet7/10
Sana25.10.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1720445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-Mavzu Xarakter.

Suqiluvchi tip – ularga o‘rtacha muloqotchanlik, mijg‘ovlik, nasihatgo‘ylikka moyillik, kamgaplik xosdir. Nizolarda bunday odam, odatda, tashabbuskor, faol tomon sifatida namoyon bo‘ladi. U qo‘l urgan har bir ishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga intiladi, o‘ziga o‘ta talabchan, ijtimoiy adolatga alohida sezgir, shu bilan birga, jizzaki, salga ranjiydigan, shubhalanuvchi, qasoskor; ba’zida o‘ta o‘ziga ishongan, izzattalab, rashkchi, yaqinlari va ishdagi qo‘l ostidagilarga nisbatan o‘ta talabchan.
6. Rasmiyatchi tip – bunday tipdagi odam nizolarga bormaydi, sust tarafni egallaydi. Xizmatda rasmiyatchi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi. Shu bilan birga, u bajonudil liderlikda boshqalarga yon beradi. Ba’zan u yaqinlarining ozodagarchiligiga katta talab qo‘yadi. Uning ijobiy qirralari: vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolarni keltirib chiqaradigan qirralari esa – rasmiyatchilik, mijg‘ovlik, hadeb noliyverish hisoblanadi.
7. Xavotirli  tip – bunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar.
8. Emotiv tip – bunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga yutadilar. Yoqimli qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. Yoqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik.
9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.
10. 
Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling