14-Mavzu: Xarakter. Reja


Download 23.02 Kb.
bet9/10
Sana25.10.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1720445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-Mavzu Xarakter.

Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam.
2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir.
3. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip – emotsional va ijtimoiy vazifalar, impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning rivojlanmaganligi, o‘zini anglashning etarlicha tarkib topmaganligi o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlarning hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir bo‘ladi: o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy mexanizmi – zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya – voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik, mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar.
4. Xarakterning variativ tipi – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining umumiy usullari shulardan iborat.
Xarakterga tegishli xarakter muammosini hal etish uchun asos bo‘ladigan ko‘plab ilmiy muammolar mavjud. Bunday masalalardan biri  
Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling