14-mavzu. XIX asrning 2-yarmi XX asrning i-choragida Turkiston o'lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar Reja
V.P.Nalivkinning ta'lim rivojidagi xizmati
Download 28.41 Kb.
|
V.P.Nalivkinning ta'lim rivojidagi xizmati.
Vladimir Petrovich Nalivkin 1852 yilda tug‘ilgan. U Turkiston ta’lim tizimiga katta xissa qo‘Shgan Markaziy Osiyo etnografi va tadqiqotchisi, birinchi ruscha-o‘zbekcha lug‘at muallifi Shu bilan birga harbiy xizmatchi bo‘lgan. Nalivkin 1884 yilda toshkentdagi rus-tuzem maktabida birinchi o‘qituvchi sifatida ish boshladi. Toshkentda Turkiston o‘qituvchilar seminarida o‘zbek va tojik tillarida o‘qituvchilik qildi va rus-tuzem maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlashda ishtirok etdi. U 1890-1895 yillarda Turkiston o‘lkasining Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand xalq ta’limi bo‘limlarida inspektor bo‘lib faoliyat olib bordi. Bu vaqt ichida Nalivkin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, lug‘at va ilmiy maqolalar chop ettirdi, o‘zbekcha-ruscha, ruscha-o‘zbekcha lug‘at tayyorladi, o‘zbek tili grammatikasi ustida ishladi. “Qo‘qon xonligining qisqacha tarixi” “Kratkoy istorii Kokandskogo xanstva” (1886) asari muallifi, ushbu asar 1889 yilda Parijda fransuz tiliga tarjima qilingan. Nalikov Turkiston o‘lkasi tarixi yuzasidan tarixiy-etnografik xarakterdagi ocherklar yozib bordi. 1908 yilda “Mening dunyoqarashim” (Moyo mirovozzrenie) nomli qo‘lyozmasida o‘zining sotsializm haqidagi qarashlarini yozib qoldirgan. O’zlari kutmagan holda Turkistonda mutloq o’zgacha, kuchli va yashovchan madaniyatga duch kelib, ruslashtirish va xristianlashtirish rejalari puchga chiqqach, chor ma'muriyati til siyosatida bir muncha o'zgarishlar qilishga majbur bo’ldi. Rus ma’muriyati va mahalliy aholi o’rtasidagi asosiy to’siq til muammosi ekanligini anglab yetar edi. O'lka bosib olingan dastlabki davrda xalq bilan muloqot ko'p sonli tatar, qozoq va o'zbek tarjimonlari yordamida olib borilar edi, ammo tarjimonlarning haddan oshishi, o’z qavmi vakillari bilan til biriktirib olishi, o’z xalqi tarafiga o'tib ketishiva xo'jayinlarni aldashga intilishi kabi hollar ma'muriyatni jiddiy tashvishga solardi. Mahalliy tillarni rus chinovniklarining o'zlari bilishi lozimligi ilk general-gubernator K.P. fon Kaufman davridayoq anglab yetilgan edi. General-gubernatorning taklifiga ko'ra Toshkentda mahalliy tillar kurslari ochilishi, bu kurslar uchun darslik va lug'atlar tuzishga tanlov e'lon qilinishi lozim edi. Ammo, bu ishlar “mablag' etishmasligi tufayli” amalga oshmay qoldi. Fon Kaufmandan keyingi general-gubernatorlardan biri N.O. Rozenbax 1887-yilda maxsus farmoyish qabul qilgan bo'lib, bu hujjatga ko'ra chor amaldorlari, rus-tuzem maktablari o'qituvchilari mahalliy tillarni o'z xizmat vazifalari talab qilgan darajada bilishga majbur edilar. Shu maqsadda joylarda amaldorlar uchun til kurslari tashkil etildi. Ammo bu kurslarning natijasi ko'ngildagiday chiqmadi va ular tez fursatda “tekinga o'qitish, tinglovchilarning ko'pligi hamda darslar hajmining juda ozligi” tufayli o'z faoliyatini to'xtatdilar. Ammo, fikrimizcha, bunday faoliyatsizlik va muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi shovinistik ruhdagi aksar chor amaldorlarida Turkistondagi mahalliy tillarni o'rganish istaginig yo'qligi edi. “Zarafshon” (Samarqand) gazetasi 1906-yilgi sonlaridan birida yozgan ediki, “…bizning amaldorlarimiz hamma joyda o'zlari xizmat qilayotgan xalqlarning tili va turmushini bilishni astoydil xohlamaydilar. …Ular til o'rganish uchun vaqt yetishmasligidan shikoyat qiladilar, ammo karta o'ynash va sharobxo'rlik uchun vaqt topa oladilar”. O’lkaning general-gubernatorlaridan D.I. Subotich davrida mahalliy tillarni mustamlaka amaldorlari tomonidan o'rganilishi o'tkir qilib qo'yilganini qayd etib o'tish kerak. Bu yuqori martabali mansabdorning 1905 yilda Rossiya imperiyasi Maorif ministri Redigerga yozgan maktubida ushbu masala xususida quyidagi fikrlar bayon etilgan: “Qirq yildan beri biz Turkistonni egallab turganimizga qaramay mahalliy ma'muriyatda yerli xalqlar tilini biluvchi amaldorlar soni barmoq bilan sanarli darajada oz. Ahvol – halokatlidarajada. Amaldorlar o'zlari boshqarayotgan aholining yoki sud qilayotgan insonlarning tilini bilmay turib qanday ish yuritishlari mumkin? Bu xususda ortiqcha gapirishga hojat yo'q, zarur choralarni ko'rish kerak. Choralar ikkiyoqlama bo'lishi kerak: ham rag'batlantiruvchi, ham jazolovchi choralar, birinchi chorani ko'rish uchun mablag'lar lozim, ikkinchisi esa tekinga tushadi va ishni ulardan boshlash lozim. Ma'muriyatning uezd boshliqlarigacha bo'lgan barcha mansabdorlariga bir yil davomida o'z hududining tilini tarjimonlar ishini tergab turish darajasida o'rganishni shart qilib qo'yish kerak deb o'ylayman. Ikkinchi yilni esa ular o'z bilimlarini takomillashtirishi kerak, bu talab bajarilmaganida ularni xizmat pillapoyalaridan yuqori ko'tarilishini to'xtatish va hatto xizmatga keraksizligi tufayli iste'foga ham chiqarish zarur”. General-gubernatorning o'z salaflari xatosini tuzatishga juda kechikib kirishganini qayd etish kerak. Download 28.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling