14-modul. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash 26-mavzu. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari ma’ruza rejasi
Gruntlarni zichlash usullari. Gruntlarning qurilish xususiyatlarini yaxshilash
Download 0.51 Mb.
|
Ma\'ruza-26
Gruntlarni zichlash usullari. Gruntlarning qurilish xususiyatlarini yaxshilash.
Qurilish amaliyotida tabiiy zamin sifatida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan gruntlar tez-tez uchrab turadi. Ularga tarqoq qumlar, cho‘kuvchan, to‘kma(ko‘tarma), suvga to‘yingan bo‘sh, shuningdek tuzilishi bo‘yicha noturg‘un umumiy nomini olgan gruntlar kiradi. Bunday gruntlarga xos xarakter bu ularning sezilarli darajada, qoidaga ko‘ra, etarli bo‘lmagan strukturali mustahkamligi natijasida yuk ostida notekis deformatsiyalanishidir. Gruntli asoslarni yaxshilashning texnik yo‘llari va usullari 26.1. jadvalda keltirilgan. 26.1-jadval Gruntli asoslarni yaxshilashning texnik yo‘llari va usullari
Strukturali turg‘un bo‘lmagan gruntlardan ularning tabiiy holatida asos sifatida foydalanish umumiy holda binolar poydevorlarining ustivorligi yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘sh gruntlarda qurilish ob’etlarini loyihalash bunday hollarda faqat qoziqli poydevorlarni qo‘llash kerak ekanligini anglatmaydi. Qurilishdan oldin bajariladigan muhandis-geologik izlanishlar ma’lumotlarining tahlili, tabiiy zamin sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan darajagacha bo‘sh gruntlarning qurilish xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora tadbirlarning aniqlash imkonini beradi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling