Nazorat savollari
Umumiy holda binolar poydevorlari turg‘unligi yo‘qotilishining sababi nimada?
Gruntli asoslarni yaxshilash usullari va texnik yo‘lini aytib bering.
Agar poydevor tovoni ostidagi gruntning hisobiy qarshiligi past bo‘lsa, nima qilish zarur?
Poydevor tovonidan pastda almashtirilgan gruntga nima deyiladi?
Gruntli asoslarni loyihalash va o‘rnatishdagi majburiy talab nimadan iborat?
Zaminning bo‘sh gruntlarining ko‘tarish qobiliyatini ko‘tarishning qanday usullarini bilasiz?
Gruntlarni sun’iy mustahkamlash usullarini aytib bering.
Qum to‘shama qanday usul bilan to‘ldiriladi?
Qanday gruntlar o‘ta cho‘quvchan gruntlar deb ataladi?
O‘ta cho‘quvchanlik qiymatiga asoslanib loysimon gruntlar turlari haq1ida ma’lumot bering.
I turga xos o‘ta cho‘quvchan gruntlarning qalinligi 5-6 metrdan oshmasa, qanday chora-tadbirlar qo‘llash tavsiya etiladi?
II turdagi o‘ta cho‘quvchan gruntlarda qanday tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi?
Inshoot atrofida suvdan himoya qiluvchi yo‘lkalar qanday o‘rnatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |