14-sonli nazorat varaqasi
Download 221.57 Kb.
|
statistika shp
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 2 -sonli NAZORAT VARAQASI Foydalanish statistikasi: maqsadi va vazifalari. (xajm va sifat ko‘rsakichlari)
3. Temir yo‘l transportida moliya statistikasi (davlat moliya statistikasi, pul muamolasi statistikasi, suqurta statistikasi, banklar statistikasi; yig‘ma ko‘rsatkichlari)
Temir yo‘l transportida moliya statistikaning o‘rganish ob'yekti bo‘lib, temir yo‘l moliyaviy resurslari hisoblanadi. Temir yo‘l transportida moliya statistikaning o‘rganish predmeti bo‘lib, temir yo‘lning moliya sohasida ommaviy jarayonlar va qonuniyatlar hisoblanadi. 22-sonli NAZORAT VARAQASI Foydalanish statistikasi: maqsadi va vazifalari. (xajm va sifat ko‘rsakichlari) Foydalanish statistikaning asosiy vazifasi, tashish jarayonida imkoniyati boricha kam harakatlanuvchi tarkiblarni ishlatilishidir. Bu vazifani yechish uchun harakatlanuvchi tarkiblarning mavjud parkini ko‘p quv-vatli va tezyurar lokomotivlarni ishga tushirish, foydalanishdagi mavjud parkidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Kuzatish obyekti bo‘lib, lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parkining ishlovchi qismi hisoblanadi. Kuzatish birligi lokomotivlar, vagonlar, elektro-dizel seksiyalari hisoblanadi. O‘lchov birligi esa lokomotiv-soat, soat va tonna-km hisoblanadi. Hisobga olish belgilari quyidagilar: − tortish turi; − harakat turi; − vagon turi va uning foydalanish holati, yuk og‘irligi va vagon tara og‘irligi; − poyezdagi vagonlar soni, poyezd-netto va poyezd-brutto og‘irligi, ishlov turi va ishlovsiz turi: − bekor turish turi, poyezd uchastkalarning uzunligi, peregon uzunligi va h.k. Harakatlanuvchi tarkiblar ishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar: − yuk aylanmasi (brutto va netto) − foydalanish netto yuk aylanmasi- yukni haqiqiy bosib o‘tgan masofasini hisobga olgan holda ish hajmini tavsiflaydi. Uning miqdori «DU3» hujjat shaklidan olinadi
∑ PL)( n =∑ Qn·S bunda ∑ PL)( n -netto yuk aylanmasi; Qn - poyezd netto og‘irligi; S – uchastkadagi poyezd bosib o’tgan masofasi; 2. Yuk tashish jarayonini ifodalovchi sifat ko‘rsatkichlari (yuk tashishning o‘rtacha uzoqligi, yuk tashish zichligi, yuk tashish o‘rtacha tezligi, tashishning o‘rtacha davomiyligi, yuk vagonning ko‘tarish qobiliyati). Yuk tashishning hajm ko’rsatkichlari tashilgan yuklarning miqdorini va bosib o’tgan masofasini ifodalaydi. Yuk tashish hajmi tonna o’lchamida hisoblanadi va quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: «jo’natilgan» ( ), «qabul qilingan» ( ) , «tashilgan» ( ).Muayyan masofaga tashilgan yuklarning hajm ko’rsatkichi yuk tashish aylanmasi deb nomlanadi ( ), u jo’natilgan har bir yuk miqdorini bosib o’tgan masofaga ko’paytmasi tarzida hisoblanadi. Yuk tashishning hajm ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: Jo’natilgan yuklar = maxalliy tashish+ yuklar chiqishi;Keltirilgan yuklar = maxalliy tashish+ yuklar kirishi;Qabul qilingan yuklar = olib kelingan yuklar + tranzit yuklar;Topshirilgan yuklar = yuklar chiqishi + tranzit yuklar;Tashilgan yuklar = jo’natilgan yuklar + qabul qilingan yuklar+ keltirilgan yuklar + topshirilgan yuklar.Yuk tashish statistikasida quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi: yuklarni tashish o’rtacha masofasi, yuklarning tashish o’rtacha zichligi, yuklarni etib kelish o’rtacha davomiyligi va o’rtacha tezligi, vagonning o’rtacha statik va dinamik yuklanish. Yuklarni tashishning o’rtacha masofa ko’rsatkichi (lg ) yuk aylanma miqdorini (tarif tonna-km ΣRgl ) tashilgan yuklar hajmiga (ΣRg ) bo’lish natijasida aniqlanadilg = ΣRgl / ΣRg Yuklarni tashishning o’rtacha zichligi (fg) quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:lg = ΣRgl / ΣLe . bu yerda: Le – temir yo’l tarmog’idagi foydalanish masofasi.Yuklarni o’rtacha yetib kelish davomiyligi (tdb) quyidagicha aniqlanadi:tdb=Σtd*b / Σb yoki tdr=Σtd*r/ Σrbu yerda: tdb – o’rtacha etib kelish davomiyligi; td – bir jo’natmaning davomiyligi; Σb – jo’natmalar soni; Σb – har bir jo’natma og’irligi. Yuklarning yetib kelish o’rtacha tezligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:Sdb= Σl / Σtd yoki Sdr= Σl * r/ Σtap bu erda: Sdb – etib kelish o’rtacha tezligi; tap – bir jo’natmaning davomiyligi; l – bosib o’tilgan masofa, km. Vagonning o’rtacha statik yuklanishi (r), jami ortilgan yuklar og’irligini ushbu yuklar ortilgan vagonlar soniga nisbati tarzida hisoblash mumkin:r= ΣR / ΣUbu erda: ΣU – vagonlar soni; ΣR – ortilgan yuklar og’irligi, tonna. Download 221.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling