14-variant Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakillari


Download 15.67 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi15.67 Kb.
#1789977
Bog'liq
Документ Microsoft Word


14-variant
1.Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakillari.
Iqtisodiy tahlilning predmeti va vazifalari 
Ixtiyoriy fan asosini uning predmeti tashkil qiladi. Fan predmeti 
mazkur fan nimani o‘rganishini, metodi esa – qanday o‘rganishini, ya’ni ushbu tadqiqot predmetini o‘rganishda qanday uslublardan foydalanilishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy tahlil fan sifatida quyidagilar bilan bog‘liq maxsus bilimlar tizimini o‘zida aks ettiradi: 
– obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tusdagi omillar ta’siri ostida yuzaga keluvchi o‘zaro aloqadorlikdagi iqtisodiy jarayonlar tadqiqi; 
– biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini obyektiv baholash
– ijobiy va salbiy omillarni aniqlash hamda ularning ta’sirini miqdoriy o‘lchash; 
– xo‘jalik taraqqiyoti tendensiyalari va proporsiyalarini oydinlashtirish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik zaxiralarini aniqlash; 
– ilg‘or tajribani umumlashtirish, optimal qarorlar qabul qilish. 
Iqtisodiy tahlil korxonalardagi iqtisodiy ishlardan iborat iqtisodiy 
fanlarning muhim qismi hisoblanadi. U o‘z predmeti, obyekti va 
iqtisodiy jarayonlar, hodisalar, vaziyatlarni tadqiq qilish usullariga ega. 
Iqtisodiy tahlil
Korxona faoliyati moliyaviy tahlili
Korxona faoliyati boshqaruv tahlili
Moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha tashqi moliyaviy tahlil 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha ichki moliyaviy 
Tahlil.
2.Tahlil ishlarini yuklash va rasmiyulashtirish tartibi.
Hisobot ma'lumotlarini tahliliy jihatdan qayta ishlash usul-laridan biri tahliliy jadvallarni tuzish hisoblanadi. Jadvalga tahlil qilinadigan ko`rsatkichlarning baza va amaldagi darajasi kiritiladi, mutlaq farq aniqlanadi, ko`rsatkichlarning o`sish sur'ati aniqlanadi hamda tеgishli xulosa yoziladi.
Tahliliy jadvallarning ustunligi va afzalligi shundan iboratki, u ham bo`lsa, ko`rsatkichlarning o`zaro bog`lanishi juda ham aniq va ko`rgazmali tarzda namoyon bo`ladi.
Tahlilning so`nggi bosqichi uning natijalarini rasmiylashtirish hisoblanadi. Tahlil natijalariga asoslangan holda ma'lumotnoma yoki izohnoma yoziladi. Izohnomada korxona va tashkilotlarning xo`jalik fao-liyatida qo`lga kiritilgan yutuqlari va yo`l qo`ygan kamchiliklarini bartaraf qilish yo`llari ko`rsatiladi. Bu o`rinda ayniqsa, aniqlangan ichki xo`jalik rеzеrvlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish yo`llari ko`rsatiladi. Izohnoma juda ham qisqa va mazmunli bayon etilishi lozim.


Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Haqiqatda

Farqi (+;-)

Tadbirkor egaligidagi savdo shaxobchalari soni, dona

45

50

+5

Bir savdo shaxobchasining o’rtacha maydoni, m2

36

32

-4

Bir metr kvadrat joyning ijara haqi, ming so’m

22

26

+6

Tadbirkorning jami ijara daromadlari, ming so’m

103

108

+5



Download 15.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling