14,15-ma’ruza zaxira logistikasi reja
Download 68.92 Kb.
|
14-маъруза
Zahiralarni boshqarish.
Logistika konsepsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda yalpi zahiralar muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Ishlab chiqarish va iste’mol uchun zarur bo‘lgan zahiralarga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xarajatlarni kamaytirish zahiralarni optimallashtirish mezoni hisoblanadi. Korxonalarda quyidagi zahira darajalari bo‘lishi mumkin: maksimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va maksimal joriy zahiralar yig‘indisi; o‘rtacha darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va yarim joriy xarajatlar yig‘indisi; minimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi zahiralar yig‘indisi. Zahiralar hajmini partiyalar hajmini o‘zgartirish yoki etkazib berishlar orasidagi vaqt intervalini o‘zgartirish orqali tartibga solish mumkin. Ayrim hollarda ham partiyalar hajmini va ham intervalni o‘zgartirish amaliyotini qo‘llash mumkin. Zahiralar logistikasida zahiralarni tartibga solishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud: qat’iy belgilangan buyurtma (partiya) miqdoriga asoslangan tizim; qat’iy belgilangan buyurtma davriyligiga asoslangan tizim. Qat’iy belgilangan buyurtma (partiya) miqdoriga asoslangan tizim nisbatan oddiy va keng tarqalgan tizim hisoblanadi. Unda buyurtma miqdori va partiyalar soni o‘zgarmas kattalik bo‘lib, navbatdagi etkazib berish intervallari o‘zgarib turadi. Navbatdagi partiyaga buyurtma omborxonadagi zahira miqdorining belgilangan me’yor darajasiga etishi, ya’ni «buyurtma nuqtasi»ga etishi bilan beriladi. Demak, ushbu tizimda navbatdagi partiyalar orasidagi intervallar moddiy boyliklarning ishlab chiqarish yoki iste’moldagi sarfi (iste’moli) intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tizimda «buyurtma nuqtasi»ga mos keluvchi zahira miqdorini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: qbnz = qkt+rt
Qat’iy belgilangan buyurtma davriyligiga asoslangan tizimda moddiy boyliklar omborxonaga o‘zgarmas vaqt oraliqlarida etkaziladiyu, bunda partiya miqdori turlicha bo‘ladi. Zahiralarni boshqarish — biznesning an’anaviy sohasi bo‘lib, mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 20-yillarining boshlarida rivojlana boshlagan. Asta-sekin bilimlarning to‘planishi 50-60 yillarga kelib tashkilotda zahiralarning darajasini optimallashtirishga qaratilgan zahiralarni boshqarish nazariyasining shakllanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha maxsus adabiyotlar, keyinchalik esa – operatsion menejment bo‘yicha maxsus adabiyotlar XX asrning 80-90 yillariga kelib zahiralarni boshqarish nazariyasini amaliyotda qo‘llash instrumentariysini yaratishga ko‘maklashgan. Boshqarish fani va amaliyoti (avvalambor moddiy oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan logistik boshqarish fani va amalmyoti) keyingi 20 yilda tashkilotlarda zahiralar darajasini hisoblash uslublari va modellarini takomillashtirishdan etkazib berishlar zanjirlarida zahiralarni logistik tizimning alohida zvenolarida zahiralar darajasini hisoblash natijalarini tahlil qilishga asoslangan boshqarish tomonga qarab ulkan qadam tashladi. Bunda «... qanday qilib hisoblsh kerak?», «... darajasini qanday qilib aniqlash kerak?» degan masalalar emas, balki «... qanday boshqarish kerak?» yoki «... bo‘yicha qarorni qanday qabul qilish kerak?» degan masalalar dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda zahiralarni boshqarishning zamonaviy amaliyoti ko‘pincha quyidagilar bilan tavsiflanadi: logistika tizimi va etkazib berishlar zanjirlarida moddiy oqim harakatining barcha bosqichlarida an’anaviy yoki stixiyali tarzda tarkib topgan zahiralarni boshqarish uslubiyati; zahiralarni boshqarish uslubiyatlarini algoritmlash darajasining pastligi; zahiralar darajasini hisoblash uchun statistik bazaning etarli emasligi; zahiralarga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilishda xatolar darajasining yuqoriligi; logistikaning turli funksional sohalariga kiradigan bo‘limlarning uslubiy o‘zaro harakatlarining zaifligi; logistika tizimining alohida zvenolarida ham, umuman etkazib berishlar zanjirlarida ham zahiralarni boshqarishning aniq shkllantirilgan logistik strategiyasining yo‘qligi. Ushbu natijalarni tahlil qilish zahiralarga nisbatan strategik to‘g‘ri munosabatni aniqlash imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, faoliyatning ushbu sohasida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qat’iy asoslarni beradi. Download 68.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling