14,15-ma’ruza zaxira logistikasi reja


Zahirani yaratishning asosiy sabablari


Download 68.92 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi68.92 Kb.
#1393079
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-маъруза

Zahirani yaratishning asosiy sabablari

Tashkilot, logistika tizimi yoki etkazib berishlar zanjirining zvenosida zahirani yaratishning asosiy sabablari quyidagi vaziyatlar bo‘lib hisoblanadi:


Ta’minot sohasida:

  • Ishlab chiqarishni uzluksiz ta’minlash zarurati.

  • Etkazib berishlarda uzilib qolishlardan himoyalanishga urinish.

  • Xarid narxlarining oshib ketishidan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyoj.

  • Tashishlarda tejash imkoniyati.

  • Xarid qilinadigan partiyaning o‘lchami oshganda ulgurji chegirmalarni qo‘lga kiritishdan tejash imkoniyati.

Ishlab chiqarish sohasida:

  • Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish zarurati.

  • Ishlab chiqarish grafigida uzilishlarning oqibatlaridan himoyalanishga urinish.

Sotish sohasida:

  • Talabning mavsumiy o‘zgarishi sharoitlarida yoki sotishlar hajmi kutilmaganda oshganda iste’molchilarga uzluksiz xizmat ko‘rsatish zarurligi.

  • Tashishlarda tejash mumkinligi.

  • Buyurtmaning bajarilish vaqtini qisqartirish uchun zahiralarni iste’mol markazlariga joylashtirishga bo‘lgan ehtiyoj.

Tashkilotda zahiraning bo‘lishining salbiy oqibatlari faqatgina zahiralar darajasining o‘ta yuqoriligi bilan bog‘lanadigan vaziyatlarga emas, balki umuman zahirani o‘zining bo‘lishi hodisasiga xos bo‘ladi. Zahiraning bo‘lishining salbiy oqibatlariga quyidagi vaziyatlarni kiritish mumkin.

  • Zahiralar bilan bog‘liq bo‘lgan joriy xarajatlarning ortishi — korxonaning moliya xizmati uchun ham, reja-iqtisod va logistika xizmatlari uchun ham ochiq-oydin ma’lum bo‘lgan voqe’lik. Zahiralar yaralish va ularning darajasini ushlab turish jarayonida xarajatlarning quyidagi turlarini shartlaydi:

    • zahiralarni boshqarish xarajatlari: buyurtmani shakllantirish va buyurtma berishga ketadigan xarajatlar;

    • zahiralarni saqlash xarajatlari: ombor binosini ushlab turish xarajatlari va omborxona xodimlari va boshqarish xodimlarining ish haqi, omborning texnik vositalariga to‘lovlar, zahirani normal holatda ushlab turishga ketadigan xarajatlar;

    • yo‘qotishlar: ishdan chiqish, o‘g‘irliklar va yo‘qolishlar, ma’naviy eskirish;

    • jarimalar: shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun, tanqislik hosil qilganlik uchun va hokazolar;

    • zahiralarni joylashtirish, qayta ishlov berish va iste’mol qilish joyiga etkazib berishda tashish xarajatlari;

    • chayqaluvchi zahirani yaratish xarajatlari;

    • infratuzilmani yaratish xarajatlari;

    • xarid qilish, etkazib berish narxi va boshqalar.

Zahiraga nisbatan ijobiy nuqtai-nazar bo‘yicha quyidagilarni qayd etish mumkin.

  1. Zahiraga nisbatan ijobiy nuqtai-nazarni ifodalash yoki qo‘llab-quvvatlash uchun etarlicha kuchli asoslarning cheksiz ko‘pligini ilgari surish mumkin.

  2. Tashkilotda zahiraning bo‘lishini himoya qiladigan asosning boshqarish qarorlarini qabul qilishga nisbatan vaziyatli yondashuv tashkil qiladi.

  3. Tashkilotda zahirani yaratish va ushlab turishning barcha asoslarini asosiy mazmuni quyidagi g‘oya hisoblanadi:

zahira tashkilotning tashqi muhit, etkazib beruvchilarning ish sharoitlari, iste’molchilarning bozorda o‘zini qanday tutishining o‘ziga xos xususiyatlariga bevosita qaramligini zaiflashtirish uchun zarur bo‘ladi.
Zahiraga nisbatan salbiy nuqtai nazar bo‘yicha quyidagilarni qayd qilish mumkin.

  1. Zahiraning bo‘lishiga salbiy nuqtai-nazarni himoya qilish uchun kuch va hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘yinning barcha qatnashchilari tomonidan (bizning misolimizda, zahiraning hajmi bo‘yicha qarorni muhokama qiluvchilar tomonidan) tan olinadigan uchta kalit bo‘lib hisoblanadigan asoslarning bo‘lishi etarli bo‘ladi:

a) Zahira unga qo‘yilgan pul mablag‘larini muzlatib qo‘yadi.
b) Zahira mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarishning rivojlanish imkoniyatini va sifatining ortishini to‘htatib qo‘yadi.
s) Zahira integratsiyalash jarayoniga qarshi harakat qilish bilan tashkiliy bo‘linmalarni (logistika zanjirining zvenolarini) bir-biridan ajratib qo‘yadi.

  1. Zahiraga qarshi asoslar, pozitsiyaning ob’ektivligiga asossiz da’vo qilish bilan, vaziyat bilan bog‘lanishga ega bo‘lmaydi.





  1. Download 68.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling