Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari
Download 18.16 Kb.
|
Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati.
Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari MOLIYAVIY MENEJMENTNING KONTSEPTUAL ASOSLARIREJA:1. Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati. 2. Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari. 3. Moliyaviy menejmentning funktsiyalari. 1. Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati.Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy oqimlar har qanday korxonada boshqaruv ob’ekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan bilvosita yoki bevosita bogʻliq. Shuning uchun ham aksariyat boshqaruvchilar oʻz funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan oʻzaro bogʻliqlikda faoliyatni tashkil etadi. Bizga ma’lumki, moliya – pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlarning oʻziga xos sohasidir. Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va oʻzaro muvofiqlashtirishda, shuningdek umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol oʻynaydi. Pul fondlari tushunchasi aniq belgilab qoʻyilgan maqsad asosida tashkil etilgan fond ekanligi bilan tavsiflanadi. Bunday fondlardagi pul mablagʻlari moliyaviy resurslar deb ataladi. Umuman, moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir. Moliyaviy menejment oʻz xususiyatiga koʻra keng va koʻp qirrali tushuncha sifatida quyidagi kontekstlarda koʻrib chiqilishi mumkin: - ilmiy fan (soha) sifatida; - korporativ moliyani boshqarish tizimi sifatida; - tadbirkorlik faoliyati turi sifatida. Moliyaviy menejment ilmiy fan (soha) sifatida nazariy bilimlar, konsepsiyalar, modellar va ular asosida ishlab chiqilgan amaliy metodlar, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida qoʻllaniladigan usullar, instrumentlar tizimini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy muhitda yuz bergan turli xil oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Download 18.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling