Тема : O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari


Download 0.63 Mb.
Sana28.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1238038
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi


Карши инновацион таьлим университети 2-курс 022-22 гурух талабаси Мустафоева Фарида Методика Тема : O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari Карши – 2023

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari

Reja:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
  • Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi islohotlari.
  • Ta’lim tizimi va turlari.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.

Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko’rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish ko’rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo’yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo’lmoqda.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14 martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2829-son qarori qabul qilindi.

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim – o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.

Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.

Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Pedagogika qonuniyatlari.

  • Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liqligi.
  • Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning yaxlitligi.
  • Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi.
  • Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi.
  • Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish.
  • Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.
  • Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro aloqadorlogi.
  • Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling