145. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. 146. O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari
Download 21.18 Kb.
|
Иккинчи босқичда инвестиция фаолиятини кучайтириш, чуқур таркибий ўзгаришларни амалга ошириш ва шунинг негизида иқтисодий ўсишни таъминлаб, бозор муносабатларини тўлиқ жорий қилиш мақсад қилиб қўйилади. Шу мақсаддан келиб чиқиб И.А.Каримов мазкур босқичда амалга оширилиши лозим бўлган қуйидаги бир қатор вазифаларни кўрсатиб берди:
- давлат мулкларини хусусийлаштириш соҳасида бошланган ишни охирига етказиш; - ишлаб чиқаришнинг пасайишига барҳам бериш ва макроиқтисодий барқарорликни таъминлаш; - миллий валюта – сўмни янада мустаҳкамлаш; - иқтисодиётнинг таркибий тузилишини тубдан ўзгартириш, хомашё етказиб беришдан тайёр маҳсулот ишлаб чиқаришга ўтиш4. 152.Modernizatsiyalash jarayonining tamoyillari,asosiy belgi va tarkibiy qismlari. Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzchadan moderne — „eng yangi“, „zamonaviy“) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq oʻzgartirish. M.Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi. 153.Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonining mazmuni va ahamiyati. Mamlakatimiz Asosiy qonunining 78-moddasiga muvofiq, mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirishni ta'minlashda muhim o‘rin va javobgarlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yuklangan. Buning uchun uchta vazifani amalga oshirish zarur. Birinchi vazifa – 2016 yil 7 dekabrdagi tantanali majlisda belgilab berilgan topshiriqlarning aniq bajarilishini ta'minlash kerak. Xabaringiz bor, men Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘sha yig‘ilishda deputatlar va senatorlarga bir taklif bilan murojaat qilgan edim. Ya'ni, parlament va jamoatchilik nazoratining ta'sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni taklif etgan edim. Buning uchun har qaysi viloyatdan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini puxta o‘rganib, tahlil qilishi hamda tegishli xulosa berishlari lozim bo‘ladi. Shu asosda hurmatli Spiker va Senat Raisi joylarda o‘zlari bosh bo‘lib, mahalliy kengashlarda ana shunday muhokamalar o‘tkazish tizimi joriy etilsa, bu ishlar ertaga albatta o‘zining ijobiy samarasini beradi. Ikkinchi vazifa – «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunning amaldagi ijrosini barcha sohalarda monitoring qilish, shuningdek, bu borada xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish zarur. Shuning uchun kecha Oliy Majlis Senati yig‘ilishida muhim bir masala muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Ma'lumki, mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat idoralarining bu yo‘nalishlardagi faoliyati ustidan samarali parlament nazorati tizimini yaratish maqsadida Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi va bundan buyon Senatning tegishli qo‘mitasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi. Uchinchi vazifaning ahamiyati va muhimligini alohida ta'kidlamoqchiman – qonun talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan aniq huquqiy ta'sir choralarini ko‘rish kerak. Joylardagi davlat hokimiyati organlari – barcha darajadagi hokimliklar, xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirishni davom ettirishimiz zarur. Shuning uchun Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari kengashlari ishini tashkil etish tajribasi joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi va vazifasi – aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta'minlashdan iborat. Mavjud muammolarni amalda hal etish, shuningdek, aholi uchun erkin mehnat qilish, mazmunli dam olish va munosib turmush darajasini ta'minlash bo‘yicha har tomonlama qulay sharoitlar yaratish lozim. Aynan ana shu mezonlardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimiz Konstitutsiyasining 100- va 101-moddalari talablarini bajarish bo‘yicha faoliyati samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin va zarur. Shuning uchun ham 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinganini alohida ta'kidlab aytmoqchiman. 156.Talab tushunchasi. Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi. Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’plangan talab. Tovarga bo’lgan talab ko’plab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab. 157.Narx va daromadlar o'zgarishining iste'molchi tanloviga ta'siri . Талаб миқдорининг ўзгаришига бир қанча омиллар таъсир қилади. Уларнинг ичида энг кўп таъсир қиладиган омил нарх омилидир. Нарх ва сотиб олинадиган товарлар миқдори ўртасидаги бўладиган боғлиқликни қуйидаги 2-жадвал маълумотлари асосида қараб чиқамиз. 2-жадвал. Нарх ва сотиб олинадиган товар миқдори ўртасидаги боғлиқлик. Бир кг ун нархи (сўм) 1 ой давомида унга бўлган якка талаб миқдори (кг) 1 ой давомида унга бўлган бозор талаби миқдори (тн) 350
250 200 150 10 20 30 50 60 1,0 2,0 3,0 5,0 6,0 Жадвал маълумотлари товар нархининг пасайиши сотиб олинадиган товар миқдорининг ўсишига ва аксинча, нархнинг ўсиши талаб миқдорининг камайишига олиб келишини кўрсатади. Маҳсулот нархи ва сотиб олинадиган товар миқдори ўзгариши ўртасида бўладиган тескари ёки қарама-қарши боғлиқлик талаб қонуни дейилади. Товар нархи ва унинг харид қилинадиган миқдори (талабнинг) ўртасидаги тескари боғлиқликни оддий икки ўлчамли графикда ҳам тасвирлаш мумкин: ётиқ чизиқ талаб миқдорини, тик чизиқ нархни кўрсатади (3-чизма). сўм
350
P
D
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, тонна Пул даромади ўзгаришининг талаб ҳажмига таъсири бошқа омилларга қараганда анча мураккаб. Пул даромадининг ортиши жуда кўп товарларга талабни нисбатан оширади, даромаднинг камайиши эса бундай товарларга талабни камайтиради. Даромад ошса, унинг ўсишига қараб истеъмолчилар аксарият ҳолларда нархи юқори бўлсада, кўпроқ сифатли товарларни харид қилишга ҳаракат қилишади. Бунда улар нон, картошка, карам каби маҳсулотларни камроқ сотиб олишлари мумкин. Чунки ортиқча даромад уларга анча юқори оқсил таркибига эга бўлган озиқ-овқат маҳсулотлари, масалан, гўшт ва сут маҳсулотлари харид қилиш имконини беради. 158.Byudjet chizigʻi. 1 2 3 4 Download 21.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling