145. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. 146. O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari


Download 21.18 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1411097
  1   2   3   4

145.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari.
146.O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilarini ilmiy tahlil qilishning xususiyatlari
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari, boshqa barqaror bosqichdagi u yoki bu iqtisodiyotning holatidan farqli o’laroq, mazkur davrdagi o’zgarishlarning tavsifi bilan shartlanadi. Sen-Simonning ta’kidlashicha, bunday o’zgarishlar har bir barqaror tizim yoki tarkibiy davr (bosqich) uchun amal qiladigan o’zgarishlar hisoblansa, o’tish davri uchun esa bu ustun ravishda rivojlanish o’zgarishlari demakdir. Mazkur belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Birinchi belgi - o’ziga xos beqarorlikning mavjudligi. Ma’lumki, har qanday tizimning amal qilish jarayonida doimiy ravishda turli o’zgarishlar yuz berib turadi. Biroq bu o’zgarishlar mazkur iqtisodiyotga xos bo’lgan maqsadli faoliyatni amalga oshirishning erkin vositasi sifatida maydonga chiqadi. Ushbu mexanizmning yaqqol misoli bo’lib kapitalistik bozor iqtisodiyotining stiklli rivojlanish manzarasi xizmat qilishi mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi o’zining dastlabki qadamlaridayoq bu holatni, ya’ni tizimning barqarorligini o’zgarishlar predmeti tarkibiga kiritadi. O’tish davri iqtisodiyoti uchun boshqa tartibdagi o’zgarishlar xos bo’lib, bu o’zgarishlar tizimdagi boshqa o’zgarishlar orqali muvozanatli barqaror holatga qaytish uchun tizimning barqarorligini vaqtincha buzishga o’xshamaydi.
O’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishidagi o’zgarishlar qayta tiklanmaydigan xususiyatga ega. Ular mavjud tizimdagi beqarorlikni kuchaytirish orqali pirovardida uning yangi iqtisodiy tizimga o’tishiga yo’naltirilgan.
2. Ikkinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishining muqobillik xususiyatga egaligidir. Muqobillik shuni anglatadiki, o’tish davri iqtisodiyotining rivojlanish yakunlari turli variantlarda namoyon bo’lishi mumkin. Bu holat o’tish davri iqtisodiyotining o’zgarishlari ichiga eski va yangi holatlarni unsurlarini aralash holatda qamrab oluvchi tabiatidan, shuningdek bu davrdagi rivojlanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarning turli-tumanligidan kelib chiqadi.
3. Uchinchi belgisi - maxsus oraliq iqtisodiy shakllarning paydo bo’lishi va amal qilishi. Bunda bu davrdagi eski va yangi jihatlarning aralashuvi namoyon bo’ladi. Mazkur omillar shuningdek bu davrning oldinga yo’naltirilganligini ko’rsatadi hamda uning ortga qaytmasligini ifodalaydi.
4. To’rtinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotdagi ziddiyatlarning maxsus tavsifi. Bu ziddiyatlar tizimning amal qilish holatiga emas, balki rivojlanish holatiga xosdir. Ya’ni bu ziddiyatlar jamiyatning turli sub’ektlari, tabaqalari orasida yangilik bilan eskilik o’rtasidagi ziddiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi. O’tish davri yo’naltirilgan o’zgarishlar iqtisodiy jihatdan doimo inqilobiy xususiyatga ega. Bu erda gap iqtisodiy tizimlarning almashuvi to’g’risida boradi. Biroq, ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan o’tish davri shunday keskin to’qnashuvlar bilan boradiki, natijada ziddiyatlar inqilobiy va ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Davrning o’tkinchi ekanligi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi orqali muqarrar bo’lib, bu holat iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ifodalanadi. Masalan, fiziokrat Mirabo uchun o’zgarishlar davridagi ziddiyatlardan chiqishning ijobiy yo’li uning uchun ideal hisoblangan o’tmishdagi feodal tartiblarga qaytishdan iborat bo’lgan. S.Sismondi vujudga kelayotgan kapitalizmning illatlarini tanqid qilgan holda mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishga chaqirgan.
5. Beshinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotining tarixiyligi. Bu tarixiylik ikki holat bilan bog’liq: birinchidan, o’tish davri iqtisodiyoti shart-sharoitlarining tarixiy tavsifi; ikkinchidan, mazkur tarixiylikning alohida mamlakat mintaqasi xususiyatlariga bog’liqligi. Masalan, o’tish jarayonlari sharq va g’arb stivilizastiyasi sharoitlarida bir holda kechmay, har bir mamlakat taraqqiyotining muayyan darajasiga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi esa o’tish davri iqtisodiyoti uchun ma’lum bo’lgan umumiy qonuniyatlarning ham turli sharoitlarda namoyon bo’lishida muayyan shakllarga egaligini anglatadi. Xattoki o’tish davri iqtisodiyotining maxsus tahlili ham har qanday holatlarda qo’llash mumkin bo’lgan aniq modellarni keltirib chiqara olmaydi.
Mahalliy o’tish iqtisodiyoti miqyosi bo’yicha qandaydir bir mintaqa yoki alohida mamlakatdagi yangi holatga o’tishni tavsiflaydi. O’tish davri iqtisodiyotining miqyos bo’yicha ikkinchi turi – bu global o’tish davridir. U o’zgarishlarning butun jahon xo’jaligi miqyosida yoki stivilizastiyalar doirasida yagona jarayon sifatidagi tavsifini namoyon etadi. Global o’tish jarayonlarning rivojlanishiga mahalliy darajadagi o’zgarishlar muayyan ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ma’lum global tendenstiyalar qaror topadi.
147.O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar stratеgiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.

Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Rеspublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-krеdit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
148.Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.

Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib, quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish mеxanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mеxanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kеlib chiqadi.


Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.

Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim bеlgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.

Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo’jalikni sotsializm qurish g’oyalari asosida yuritib kеlgan, kеyinchalik ushbu g’oyalarning muhim jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mеxanizmlarini uyg’unlashtirish orqali o’ziga xos o’tish yo’lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko’rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vеtnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish borasida sеzilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarining o’ziga xos xususiyatlaridir.
149.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolutsion va evolutsion shakllari.
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga rеvolyutsion yo’l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya tеrapiya») dеb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga kеltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib kеladi, ancha izchil va muqarrardir.
150.Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. Бозор иқтисодиётига ўтиш даврининг умумий мазмуни иқтисодий муносабатларнинг алоҳида унсурларини ислоҳ қилиш ёки иқтисодий сиёсатга тузатишлар киритиш эмас, балки бутун иқтисодий муносабатлар тизимини ўзгартиришдан иборатдир.
Бозор иқтисодиётига ўтиш даври – маъмурий-буйруқбозлик тизимини бартараф этиш ёки тубдан ўзгартириш ҳамда бозор тизимининг асосларини шакллантириш жараёнлари амалга оширилувчи тарихий даврдир.
Жаҳон тажрибаси кўрсатишича, бозор иқтисодиётига революцион йўл билан, яъни жадал усулда ёки эволюцион йўл билан, яъни босқичма-босқич ўтиш мумкин. Биринчи ҳолда, туб ислоҳотларни ўтказиш, аввалги тизимни ва таркиб топган иқтисодий муносабатларни бирданига ва батамом синдириш талаб этилиб, «карахт қилиб даволаш» усули («шоковая терапия») деб аталади. Эски иқтисодий муносабатларни босқичма-босқич янги бозор муносабатларига айлантира бориб, самарали бозор иқтисодиётини шикастсиз вужудга келтириш мумкин. Ислоҳотлар тажрибаси шуни кўрсатадики, эволюцион йўл камроқ ижтимоий ларзаларга олиб келади, анча изчил ва муқаррардир.
Ўтиш даврида бозор иқтисодиётини шакллантиришнинг асосий йўналишлари бўлиб қуйидагилар ҳисобланади:
1.Иқтисодиётни эркинлаштириш.Эркинлаштириш – бу хўжалик ҳаётининг барча соҳаларидаги тўсиқ ҳамда чекловларни, шунингдек, давлат назоратини кескин равишда қисқартириш ёки бекор қилишга йўналтирилган чора-тадбирлар тизимидан иборат. У бутун иқтисодиётга татбиқ этилиб, қуйидагиларни ўз ичига олади:
- хўжалик фаолиятини амалга оширишда давлат монополиясини бекор қилиш;
- ресурсларнинг марказлашган ҳолдаги тақсимотини тугатиш;
- нархларнинг асосан, талаб ва таклиф нисбати асосида шакллантирилишига ўтиш;
- ички ва ташқи бозорларда трансакцион битимлар устидан давлат назоратини пасайтириш.

Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling