15- ma’ruza arduino buyruqlari va ularni qo’llash reja


Download 38.82 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi38.82 Kb.
#1130537
  1   2   3   4
Bog'liq
15-ma\'ruza


15- MA’RUZA
ARDUINO BUYRUQLARI VA ULARNI QO’LLASH


REJA:
15.1. Arduino mikroplatasida analogli va raqamli chiqishlardan foydalanish
15.2. Arduino taymerlari bilan ishlash


Tayаnch so‘z va iboralar
C++ dasturlash tili, Arduino buyruqlari, ifodalar, operatorlar, konstantalar, identifikatorlar, o’zgaruvchilar, kompilyatsiya, taymerlar, funktsiyalar, initsializatsiyalash, takt chastotasi, hatoliklarni tekshirish, dastur kutubxonasi, namuna dasturlar.


15.1. ARDUINO MIKROPLATASIDA ANALOGLI VA RAQAMLI CHIQISHLARDAN FOYDALANISH
Bu mashg‘ulotda biz Arduino ning raqamli va analogli chiqishlarini ko‘rib chiqib, raqamli signal nimasi bilan analogli signaldan farq qilishini tahlil qilamiz. Maketli plata yordamida ikki yorug‘lik diodidan tashkil topgan sxemani yig‘amiz va ularning yorqinligini asta-sekinlik bilan rostlaymiz (yoqilish va so‘nish). int va if operatorlarini C++ dasturlash tilida ko‘rib chiqaylik.
Analogli signal raqamli signaldan nimasi bilan farq qiladi?
Analogli signalvaqt o‘tishi bilan uzluksiz ravishda o‘zgarib boradi. Tabiatdagi barcha axborot analogli deb aytish mumkin — suvdagi to‘lqinlar, torning tebranishi va h.k.Dastlab inson axborotni (tovushlar, tasvirlar, video) analogli qurilmalar yordamida yozib olgan. Biroq analogli signallarshovqin va xalaqitlar ta’siriga sezuvchan hisoblanadi.
Raqamli signalbirlar va nollar ko‘rinishida uzatilib, kompyuterlar varaqamli texnika uchun ularni ro‘yobga chiqarish osonroq (signal bor yoki signal yo‘q). Operativ xotira maqsadida kompyuterlarda kondensatorlar qo‘llanib, bitta zaryadlangan kondensator — 1 bit. Flesh-xotirada suzuvchan zatvorli tranzistorlardan foydalanadilar.
Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan analogli signallarni raqamga o‘tkaza boshladilar, chunki stali perevodit v sifru, poskolku analogli signal uzatish yoki yozib olishda xalaqitlar, buzilishlar va so‘nishga moyil. Analogli va raqamli signal o‘rtasidagi farqni quyidagi joylashtirilgan surat (perevod analogli signalni raqamga aylantirish) yaqqol namoyon etib beradi.
Kvantlash — uzluksiz kattalikni tugal miqdordagi intervallarga bo‘lishdan iborat

Download 38.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling