15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari
Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar
Download 398.07 Kb. Pdf ko'rish
|
15 Agrar munosabatlar va agro biznes
2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.
Inson resurslari – bu zarur o„quv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bo„lgan jamiyat a‟zolari, mehnat ahlidir, ya‟ni inson resurslari haqiqiy va salohiyatli hodimlardan iborat. Inson resurslari moddiy ne‟matlarni ham ishlab chiqaruvchi ham iste‟molchisi hisoblanadi. Ularning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi,yoshi,oilaviy ahvoli, ma‟lumot darajasi, mehnat layoqati singari o„ziga xos ko„rsatkichlar ular orasidagi tafovutni belgilaydi. Shu o„rinda inson resurslarining iqtisodiy rivojlanish omillari sifatidagi o„rniga alohida e‟tibor qaratish lozim. Ishchi kuchi – insonning qobiliyatlar va sifatlar egasi ekanligini ifodalab, mehnat jarayonida faol ishtirok etadi. Olimlarning fikricha ishchi kuchi tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko„rsatishdan iborat mehnat jarayonida inson tomondan foydalaniladigan o„z jismoniy va ma‟naviy salohiyatidir. Boshqacha qilib aytganda ish kuchi shaxsning mehnat qilish va ne‟matlar yaratish layoqatidir 1 . Mehnat resurslari - mehnatga qobiliyat yig„indisi bo„lib, ular moddiy boylik ishlab chiqaradi va xizmatlar ko„rsatadi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsifi bo„yicha mehnat resurslari mehnatga layoqatli yoshda bo„lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o„smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning yig„indisidir 2 .
1 Экономєка труда (соцєально-трудовые отношенєя) // Под.ред.Абдурахманова К.Х., Волгєна Н.А. є Одегова Ю.Г. –М.: «Экѓамен», 2006. -С. 33-34. 2 Утєнова С.С. Методологєческєе подходы к аналєѓу проблем ѓанятостє є рынка труда // -М.: Ж.Вопросы статєстєкє. 2003. № 7. - С. 34. Inson kapitali tushunchasi esa insonning o„z bilimlarini amalga oshirish ob‟ekti sifatida o„z intellektual bilimlari orqali ishlab chiqarishning rivojlanishini ruyobga chiqaruvchisi hisoblanadi. Insonlarni boshqarish korxona va tashkilotlarni boshqarishning tarkibiy qismi bo„lib, tabiiy va moddiy resurslarni boshqarish bilan bir o„rinda belgilanadi. Inson resurslarini boshqarish quyidagi usullar orqali farqlanadi: insonlar intellektga (aql-idrokka) ega bo„lib, ularning tashqi muhit reaksiyasi hissiy-o„ylangan, anglab etilgan reaksiyadir. Inson va tashkilot o„rtasidagi o„zaro ta‟sir ko„rsatish jarayoni ikki tomonlama o„rganiladi; insonlar doimo takomillashib, rivojlanib borib kasbiy ko„nikmalarini oshiradi, ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish ob‟ektlari esa uning kasbiy layoqati takomillashib borishidan manfaatdor bo„ladi. Inson resurslarini boshqarish nazariyasi dastlab merkantilistlar, fiziokratlar va klassik maktabi vakillarining nazariyalarida bayon qilingan. Merkantilizm g„oyaviy oqimi tarafadorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo„ladi, ko„payadi, savdoda band bo„lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya‟ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko„paymasligi ma‟lum bo„lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya‟ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo„lib boradi deb ta‟kidlaganlar. Fiziokratlar maktabi vakillari esa boylik qishloq xo„jaligida yaratiladi va ko„payadi, degan g„oyani olg„a surdilar. Ularning vakili bo„lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. F.Kenening ta‟limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o„rin egallaydi. Uning fikricha 3 , yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o„rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qo„shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qo„shimcha qiymat dehqonlarning qo„shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo„shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi. Fiziokratlarning ta‟limoti bo„yicha qishloq xo„jaligida band bo„lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. Keyingi maktab vakillari klassik maktab namoyondalari bo„lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo„jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko„rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma
3 А.Раѓѓоқов., Ш.Тошматов., Н.Фрмонов. Иқтєсодєѕ таълємотлар тарєхє. Т.: «Молєя». 2002, 147-149-бет. boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat‟iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko„rinmas qo„l” prinsipi hozirgi kunda juda ko„p tilga olinmoqda. U o„zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag„bat xususiy manfaatdir deb ko„rsatadi. Inson o„z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya‟ni foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o„z kapitalini ko„paytiradi va shu intilishda o„zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo„shadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning yerkin harakatini ta‟minlash prinsipini ilgari suradi. O„zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida tashabbuskor, bilimdon xodimlarni shakllantirishga ehtiyoj oshib bormoqda. Shu o„rinda inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko„ra, jamiyat rivojlanishi markazida faqatgina oddiy iqtisodiy ko„rsatkichlar emas, balki avvalo inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va samarasining bosh mezoni - kishilarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umum e‟tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‟naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga yerishish demakdir. Inson taraqqiyoti – kompleks xarakterga ega bo„lib, o„z ichigainsonning ham moddiy, ham ma‟naviy ehtiyojlarini qondirishni, uning sog„liqqa, ta‟lim, ijtimoiy ta‟minot olishga, o„zini ifoda qilish yerkinligiga, bugungi va kelgusi avlodlar xavfsizligiga bo„lgan huquqlarini ta‟minlashni qamrab oladi. Yaqqol ifodalangan strategiyasiz barqaror ijtimoiy taraqqiyot, hokimiyatning turli tarmoqlari va darajalarida xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish, resurslar va kuchlarning optimal taqsimlanishiga yerishish mumkin emas. O„zbekistonda «Inson taraqqiyoti konsepsiyasi» to„g„risida to„qqizta ma‟ruza e‟lon qilingan bo„lib, ular ijtimoiy siyosat, iqtisodiy o„sish, islohotlarni o„tkazishda davlatning roli, kichik va o„rta biznesni rivojlantirish, davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash, sog„liqni saqlash, ta‟lim tizimini rivojlantirishga bag„ishlangan. Inson taraqqiyoti haqidagi ma‟ruza faqatgina qiziqarli statistik ma‟lumotlarni qamrab olgan ommabop material emas. Bu, avvalo, inson taraqqiyoti borasidagi mamlakat strategiyasi amalga oshirilishi jarayonini aks ettiradi. «Inson taraqqiyoti konsepsiyasi – samarali va barqaror iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, fuqaro uchun kafolatlarni ta‟minlash, shaxsning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquq va yerkinliklarini ro„yobga chiqarish, bugungi va kelgusi avlodlarning ma‟naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishdir» 4 .
Bugungi kunda «aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo„lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o„rnatish, balki
4Фѓбекєстон: Барқарор єђтємоєѕ-єқтєсодєѕ рєвођланєшнєнг ва єнсон тараққєѐтє прєнцєпларєнє амалга ошєрєшнєнг парламент томонєдан таъмєнланєшє. Фѓбекєстон Республєкасє Олєѕ Мађлєсє Сенатє. Фѓбекєстондагє БМТ Тараққєѐт дастурє. Амалєѕ қўлланма. 2011. 7- Б.
ularni ta‟minlashdan iborat» 5 . Barcha darajadagi davlat hokimiyat organlarining inson taraqqiyoti borasida belgilangan marralarga so„zsiz yerishishni ta‟minlash bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik O„zbekiston: Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti prinsiplarini amalga oshirishning parlament tomonidan ta‟minlanishi. maqsadlarini O„zbekistonda amalga oshirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi maxsus qarori qabul qildi. Qarorda O„zbekistonda BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan ko„tarish uchun zarur qo„shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarining mamlakatda inson salohiyatini muttasil rivojlanishini ta‟minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi belgilandi 6 .
Download 398.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling