Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan,
sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan
serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differensial renta I ning hosil
bo„lishini shartli misol yordamida ko„rib chiqamiz Misolimizdagi uch xil yer
uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya‟ni 10000 so„mni
tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarda 25
va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli
ularda etkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo„lib chiqadi.
ya‟ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so„m bo„lsa, B
uchastkasida 400 so„m, V uchastkasida esa 333 so„mni tashkil qiladi. Qishloq
xo„jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida
sotiladi (misolimizda 500 so„m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o„zining
yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo„ladi.
O„rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga
nisbatan 2500 va 5000 so„m miqdorda qo„shimcha daromad olinadi.
Bu olingan qo„shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog„liq
bo„lgan diffYerensial renta I ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |