15- mavzu: Elektroliz. Reja


Suvli eritmalar elektrolizi


Download 23.45 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi23.45 Kb.
#233271
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Elektroliz

Suvli eritmalar elektrolizi. Suvli eritmalar elektrolizida elektro­litning ionlaridan tashqari reaksiyalarda yodorod ionlari yoki gidroksidlonar ham ishtirok etishi mumkin. Vu ionlar suvning dissotsilanishi natijasida hosil bo'ladi. Hosil bo'layotgan ionlar tegishli elektrodlarga tomon harakatlanadi. Katodga elektrolitning kationlari bilan vodorod N+, anodga elektrolitning anionlari bilan gidroksid ionlari OH- tortilaveradi.

Katodda qanday ionlar qaytariladi-yu, anodda qanday ionlar oksidlanadi? Bu savolga javob berish uchun kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga va konsentratsiyasiga bog'liqligini esga olaylik. Vinobarin, shu elektrolitning kationlari yoki N+ ionlari, elektrolitning anionlari yoki gidroksid-ionlaridan qaysi biri nisbatan aktiv ekanligini bilish zarur. Kationlarning aktivligini rus olimi N.N. Beketov taklif etgan metallarning bir-birini siqib chiqarish qatoriga asosan muvofiq keladigan elektrokimyoviy kuchlanish qatoriga qarab aniqlash mumkin. Vu qatorni ko'zdan kechirar ekanmiz, ionlarning kimyoviy aktivligi tegishli metallarning aktivligi o'zgarishi yo'nalishiga qarama-qarshi tomonga o'zgarishi lozim, degan xulosaga kelamiz. Chunonchi bu qatorda kaliy atomlari eng aktiv bo'lsa, aksincha uning ionlari eng noaktivdir:



K, Sa, Na, Mg, A1, Zn, Fe, Ni, Sn, R, N2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au

kimyoviy aktivligi kamayadi



K+, Sa2+, Na+, Mg2+, Al3+, Zn2+, Fe2+, Ni2+, Sn2+, R2+, N+,

Cu2+ Hg2+, Ag+, Pt4+ Cu3+

kimyoviy aktivligi ortadi



Bu qator shuni ko'rsatadiki, sharoit bir xil bo'lganda suvli eritmalarda katodda Cu2+ dan Au3+ gacha bo'lgan kationlar qoladi. Tarkibida K+ dan R2+ gacha kationlar bo'lgan tuzlar elektroliz qilinganda, sharoit bir xil bo'lganda, N+ ionlari qaytariladi. Modomiki, kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalariga ham bog'liq ekan, vodorod ionlari kam bo'lganda (neytral muhitda) katodda elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida vodoroddan oldin joylashgan ba'zi metallar ham qaytarilishi mumkin.


Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling