15- mavzu: Elektroliz. Reja


Download 23.45 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi23.45 Kb.
#233271
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Elektroliz

Ishqorli akkumulyatorlar. Ishqorli akkumulyatorlardan temir nikelli akkumulyatorlar, bu akkumulyatorda manfiy elektrod sifatida presslangan temir kukuni, musbat elektrod sifatida nikel’ gidroksid xizmat qiladi. Elektrolit sifatida KOH ning 30 % li eritmasi olinadi. Bu akkumulyator qo’rg’oshinli akkumulyatordan ancha engil va chidamlidir.

Zaryadlangan akkumulyator ishlayotgan vaqtda xar qaysi temir atomi ikki electron berib, ikki valentli temir ioni Fe2+ ga aylanadi. Bu ionlar gidroksil ionlar bilan birikib Fe(OH)2 ni xosil qiladi. Temirdan chiqgan elektronlar tashqi zanjir orqali nikel’ (III) – gidroksidga borib, uni qaytaradi, natijada musbat elektrodda Ni(OH)2 xosil bo’ladi. Bu ikki reaksiyani quyidagicha yoziladi.


Manfiy elektrodda: Fe – 2e + 2OH- Fe(OH)2

Musbat elektrodda: 2Ni(OH)3 + 2e 2Ni(OH)2 + 2OH-

Bu ikki tenglama bir-biriga qo’shilsa, ishqorli akkumulyator ishlatilganda boradigan reaksiya tenglamasi quyidagicha.
Fe + 2Ni(OH)3 = Fe(OH)2 + 2Ni(OH)2

Akkumulyator zaryadlanayotganda bu reaksiya teskari yo’nalishda boradi. Katodda Fe(OH)2 elektronlar biriktirib olib, temir metaliga aylanadi. Anodda Ni(OH)2 elektronlar berib, Ni(OH)3 ni xosil qiladi. Shuning uchun ishqorli akkumulyatorning zaryadlanish va zaryadsizlanish jarayonlarini quyidagicha yozish mumkin.


zaryadlanish

Fe(OH)2 + 2Ni(OH)2 Fe + 2Ni(OH)3

zaryadsizlanish


Temir-nikelli akkumulyatorning elektr yurituvchi kuchi 1,33-1,35 vol’tga teng. Bu akkumulyator engil va pishiq bo’lsada uning ba’zi kamchiliklari bor, zaryadlanish vaqtida berilgan elektr energiyasining taxminan yarmisini qaytaradi, energiyaning qolgan qismi Fe(OH)2 ning qaytarilish jarayoni juda sust borganligidan, katodda vodorod ajralib chiqishi kabi qo’shimcha jarayonlar uchun sarf bo’ladi.
Nazorat savollari.

1.Elektroliz nima?.

2.Tuz eritmalari elektrolizi.

3.Katodda boradigan jarayonlar.

4.Anodda boradigan jarayonlar.

5.Eriydigan va erimaydigan anod elektrod yordamidagi elektroliz jarayoni.



6. Fradey qonunini tariflang

  1. Elektroliz moxiyatini tushuntiring

  2. Akkumulyatorlar.

  3. Ishqorli akkumulyatorning moxiyatini tushuntiring.

Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling