15- mavzu: Elektroliz. Reja
Download 23.45 Kb.
|
15-Elektroliz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasi orqali elektr toki otganida elektrodlarda sodir boladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deyiladi.
15- Mavzu: Elektroliz. Reja: Tuz eritmalari va suyuqlanmalari elektrolizi. Katod va anod elektrodlarda boradigan jarayonlar. Eriydigan va erimaydigan anod elektrod yordamidagi elektroliz jarayoni. Faradey qonunlari Elektrolizni amalda qo’llanilishi. Akumliyatorlar, ularni turlari(kislotali va ishqoriy) va ishlash prinsiplari. Tayanch iboralar: Elektroliz, katod, anod, elektrod, akumliyator, elektolizor, suvli eritmalar, elektr toki, Faradey qonuni, kuchlanishlar, suvli eritmalar, oksidlanish, qaytarilish. Elektrolitlarning eritmalari va suyuqlanmalarida har xil ishorali ionlar (kationlar va anionlar) bo'ladi, ular suyuqlikning barcha zarrachalari kabi tartibsiz harakatda bo'ladi. Agar elektrolitning shunday eritmasi yoki suyuqlanmasiga, masalan, natriy xloridning suyuqlanmasiga (NaCl 801°S da suyuqlanadi) inert (ko'mir) elektrodlar botirilsa va o'zgarmas elektr toki o'tkazilsa, u holda ionlar e1ektrodlarga: Na+ kationlari - katodga, Cl- anionlari - anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katodga yetgandan keyin undan elektronlar oladi va qaytariladi: Na+ + e = Na xlorid ionlari Cl- esa elektronlarni anodga berib oksidlanadi: 2S- - 2e = Cl2 Natijada katodda natriy metali, anodda esa xlor ajralib ciqadi. Agar endi bu ikki elektrod reaksiyalarini hadlab qo'shsak (oldindan birinchisini 2 ga ko'paytirib), u holda natriy xlorid elektro1izining umumiy tenglamasil1i olamiz: Na+ + e = Na 2 2Cl- - 2e = C12 1 2Na+ + 2Sl elektroliz ) 2Na + C12 yoki
2NaCl elektroliz ) 2Na + Sl2 Vu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi: anodda oksidlanish jarayoni, katodda qaytarilish jarayoni sodir bo'ladi. Elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasi orqali elektr toki o'tganida elektrodlarda sodir bo'ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deyiladi. Elektrolizda katod kationlarga elektronlar beradi, anod esa anionlardan e1ektronlar biriktirib oladi. Elektro1izni o'tkazish uchun elektrodlar elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasiga botiriladi va ular o'zgarmas tok manbayiga ulanadi. Elektroliz o'tkaziladigan asbob elektrolizor yoki elektrolitik vanna deyiladi. Elektrolitlar suyuqlanmalari bilan suvli eritmalarni elektrolizini bir-biridan farqlash lozim. Download 23.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling