15- mavzu: Muvaffaqiyatga erishish yo’llari Reja
Download 194.03 Kb.
|
15-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari.
- Muvaffaqiyat formulasi. Muvaffaqiyatning universal qonunlari
15- Mavzu: Muvaffaqiyatga erishish yo’llari Reja: Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari. Muvaffaqiyat formulasi. Muvaffaqiyatning universal qonunlari Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari. Zamonamiz har kim o‘z biznesini ochishi va shu orqali boyib ketishi uchun eng qulay paytlardan biri sanaladi. Siz inson faoliyatining turli sohalaridagi ko‘plab imkoniyatlarning qurshovidasiz va ulardan qay darajada foydalana olish tamomila o‘zingizga bog‘liq. Sizdan talab etiladigani — ulkan istak va harakatga tayyorlik. Brayan Treysi kitoblari va seminarlari esa, shubhasiz, bunda sizga yordam beradi. Foto: Be The Change Group Malakali biznes-maslahatchisi, kouch, muallif va amaliyotchi hisoblangan Treysi bundan ko‘p yillar muqaddam “o‘zini-o‘zi millioner qilgan”larning tarixini o‘rganishni boshlagan. Ular haqida qancha ko‘p o‘rgangani sari, o‘zi ham shu darajada ulardan biriga aylanib borar edi. Millioner maqomiga erishish uchun Treysiga besh yil kerak bo‘ldi. Uning bugungi butun faoliyati — mazkur yo‘lni boshqalar uchun qisqartirishga yo‘naltirilgan. Rivojlanishni va o‘z biznesini qurishni istaydiganlar uchun Brayan Treysi talqini bo‘yicha “o‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning 7 ta sirini e’tiboringizga havola qilamiz. Demak, “o‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning birinchi siri — keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta’kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa “Qanday qilib?”, bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi. Hayotingizdagi mutlaqo barcha o‘zgarishlar o‘zingiz haqingizda shakllantirganingiz muayyan yangi emotsional aqliy obrazda vujudga keladi. Qolaversa, hech qachon muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilmang. Muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilib, o‘zingizdagi muvaffaqiyatning barcha imkoniyatlarini zaiflashtirasiz. Aksincha, muvaffaqiyatli kishilardan ilhom oling! Boshqalarning zafarlaridan qancha ko‘p xursand bo‘lsangiz, o‘zingiz muvaffaqiyatga shuncha tez erishasiz. Ikkinchi sir: boshqalardan farqli bo‘lish, ustun kelishni hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barcha ishlaringiz yuksak darajada bo‘lishiga intiling va o‘zingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan ishlaringizda yuqori darajali professionalizmga erishmaguningizga qadar, hech qachon boy va baxtli bo‘la olmaysiz. O‘z oldingizga shunday maqsadni qo‘ying va shu yo‘nalishda harakatni boshlang. O‘z ishingiz va kasbingizda yanada a’lo bo‘lishingizga sabab bo‘luvchi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi. Faoliyat yuritadigan sohangizda birinchi yigirmatalik, so‘ng o‘ntalik, keyin esa beshtalikka aynan siz bo‘lishingiz kerakligi haqida qaror qabul qiling. Uchinchi sir: o‘zingiz va hayotingiz uchun butun mas’uliyatni bo‘yningizga oling. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyatni olsangiz, shu darajada sohangiz yetakchisiga aylana borasiz. O‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashda to‘xtashning eng tez usuli — bu o‘ziga: “Bunga men javobgarman!”, deyishdir. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyat olsangiz, hayotingizni aynan o‘zingiz nazorat qilayotganingiz hissiga bo‘lgan ishonch shuncha kuchli bo‘ladi. O‘z hayoti ustida nazorat va baxt hissi o‘rtasida mutlaq bevosita aloqa mavjud. To‘rtinchi sir: doimiy izlanish hayotingiz bosh maqsadi bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z sohalarida izlanishdan hech qachon to‘xtamaydi. O‘z ishingiz to‘g‘risida har kuni yangilik o‘rganishga intiling, salohiyatingizning barcha kuchlarini ishga soling. Qancha ko‘p o‘rgansangiz, oldinga qarab shuncha tez ilgarilab boraverasiz. Bilim va ko‘nikmalar — XXI asrda muvaffaqiyatlarga erishish kalitidir. Qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘q. Demak, hayot davomida ilgariga qarab borishingizning tezligi hech nima bilan chegaralanmagan. Beshinchi sir: ijodkorlikni rivojlantiring va innovatsiyalarni tatbiq eting. Maqsadlaringizga erishishning yangiroq, tezroq va samaraliroq yana qanday yo‘llari borligini aniqlang va bu yo‘lda izlaning. Qancha ko‘p narsani o‘rgansangiz va qancha ko‘p harakat qilsangiz, atrofingizda shuncha hayratomuz voqealar yuz beraveradi. Oltinchi sir: tezkor va ishonchli degan obro‘ga erishing hamda shu orqali boshqalarga sizga ishonish mumkinligini namoyon eting. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” tez harakat qiladi va o‘z so‘zida turadi. Odamlar bu millionerlarga yanada ko‘proq tayana boshlaydi. Izchillik — muvaffaqiyat garovi. O‘ta aqlli bo‘lish yoki qandaydir noyob iste’dodga ega bo‘lish shartmas, shunchaki, oldinga qarab izchil harakat qilish kerak, xolos. Nimaiki va’da bergan bo‘lsangiz, barchasini hamisha vaqtida bajaring. Kishilar sizga doimo va har qanaqangi vaziyatlarda ishona boshlamagunlariga qadar, faoliyatingizda yuqori darajali sifatga rioya qilishda davom eting. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning yettinchi siri, bu — tirishqoqlikdir. Bu sifatsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Hech qachon taslim bo‘lmang. Muvaffaqiyatga erishish uchun, ehtimol, ko‘p va og‘ir sharoitda ishlashga to‘g‘ri kelishi mumkinligiga tayyor bo‘ling. Bir necha ming millionerlar orasida tadqiqot o‘tkazilganda, ularga “Siz nima uchun va qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘ldingiz?”, degan savol berilgan. Ularning 85 foizi tamomila bir xil javob qaytargan: “Muvaffaqiyat hamisha mening hamrohim, negaki, men boshqalarga qaraganda ko‘proq va zo‘r berib ishlayman”. Shuning uchun ishni boshqalarga qaraganda ertaroq boshlash, ko‘proq ishlash va ishdan kechroq ketishlarga tayyor turing. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” haftasiga 50—90 soat ishlaydi. Aksariyati 70—80 soat ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, haftasiga 40 soat ishlab, muvaffaqiyatli bo‘lgan kishilar mavjud emas. Haftasiga 40 soat ishlash — sizga tirik qolishni ta’minlaydi, xolos. 40 soatdan oshig‘i – bu muvafaqqiyatingizga mablag‘ sarflash demakdir. O‘z ustingizda, hech bo‘lmaganda, ishda ishlagandek — ko‘p, faol va astoydil ishlang va bu albatta o‘z samarasini beradi. Bugungi kunda bizga har kuni yopirilib kelayotgan ulkan axborot oqimida ro‘y-rost vaziyatni aniqlash juda mushkul. Shunday bo‘lsa-da, tonnalab ma’lumotlarni o‘rganib chiqadigan va shu orqali noyob tajribaga erishgan kishilar oramizda mavjud, albatta. Ularning o‘zi, hayotlarida muayyan cho‘qqilarga erishgach, boshqalarga yaxshini yomondan ajratish va jamoatchilikka eng muhim bo‘lgan axborotni yetkazishga ko‘maklashadi. Brayan Treysi ham shunday inson — bo‘lajak millionerlarni “yetishtiruvchi” millioner. Siz bu kabi kishilarni tanqid qilib, o‘zingizning baxt va taraqqiyot sari yo‘lingizni berkitishda davom etishingiz yohud ularning biriga aylanishingiz mumkin. Ayniqsa, bu kabi imkoniyat sizda endilikda mavjud: 7-noyabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida Brayan Treysi o‘zining butun dunyoda eng mashhur “Maksimumga erishish” seminari bilan chiqish qiladi. Muvaffaqiyat formulasi. Muvaffaqiyatning universal qonunlari Biz ishda, munosabatlarda, yumushlarda va hayotning boshqa jabhalarida niyatimizga yetkazuvchi muvaffaqiyat formulasini izlaymiz. Biroq hamma vaqt ham istagimiz eshiklarini ochib beradigan kalitni topolmaymiz. Hayotda muvaffaqiyat formulasini topish mumkinmi? Download 194.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling