15- mavzu: Tarixiy metrologiya vazifalari, rivojlanishi. G‘arb mamlakatlari metrologiyasi. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo’llanilgan o’lchov birliklari


О‘rta Osiyo, О‘zbekistonda о‘lchov birliklari tarixi


Download 43.82 Kb.
bet2/7
Sana11.01.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1088156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Seminar-15

О‘rta Osiyo, О‘zbekistonda о‘lchov birliklari tarixi.

О‘rta Osiyoning shu jumladan о‘zbek xalqining eng qadimgi zamonlardagi о‘lchov birliklari haqida aniq ma’lumotlar yо‘q. О‘lchov birligi dastlab qachon va qayerda paydo bо‘lganligi aniq emas. Avlod – ajdodlarimiz о‘z kundalik ehtiyojlarini qondirish jarayonida ularga deyarli har qadamda duch kelganlar. Boshpana, chayla, uy – joy, qо‘rish, о‘choq, qozish, yuk tortishi, yuk kо‘tarish, qurol-aslaha, asbobg‘anjom, idish-tovoq yasash, kiymg‘kechak tikish, yо‘l yurish,ekin ekish kabi ishlar davomida har-xil qlchovlarga extiyoj tug‘ilgan. Ana shu ehtiyojni qondirish maqsadida ota-bobolarimiz biron-bir chora-tadbir qо‘llaganlar. Sekin-asta turli о‘lchovlpr tо‘g‘risidagi ilk tushunchalar vujudga kela boshlagan. Keyin ana shu tushunchalarga asosan о‘lchov vositalari qidirganlar.
Barcha boshqa xalqlarda bо‘lgani kabi О‘rta Osiyo xalqlari ham eng avvalo uzunlik о‘lchov birliklarini vujudga keltirganlar. Keyinchalik vazn, og‘irlik, о‘lchov birliklari nihoyat sig‘im, yuza suyuqlik о‘lchov birliklari о‘ylab topilgan. Yillar zamonlar о‘tishi bilan о‘lchov birliklari haqida dastlabki, tushunchalar yanada oydinlashib, takomillashib borgan, ayrim о‘lchovlar butunlay yо‘qolib ketib yangilari vujudga kelgan, yoki eski о‘lchov birliklari yanada yangi mazmun kasb etib, о‘zgacha nom bilan atala boshlagan. Qо‘shni urug‘, qabila davlatlar bilan о‘zaro qо‘ni – qо‘shnichilik aloqalari, savdo-sotiq munosabatlari rivojlana borgani sayin о‘lchov birliklari ham keng yoyila borgan, bir urug‘, qabila, qо‘shni urug‘, qabila о‘lchovlarini ma’qul kо‘rib, о‘ziga qabul qilgan va bu jarayon natijasida о‘lchov birliklari tashkil topgan. Uzoq yillar mobaynida tinimsiz davom etgan bu jarayon natijasida muayyan о‘lchovlari sistemasi paydo bо‘lgan.
О‘rta Osiyoda paydo bо‘lgan eng qadimgi о‘lchov birliklari bu uzunlik о‘lchov birligidir. Bu ikki xil: aniq va noaniq bо‘lgan. En/ El/ о‘lchov birligi eng qadimiy va eng birinchi о‘lchov birligidir. en/el/ barmoq bilan bog‘liq о‘lchovdir. Shuning uchun ham uni turkchasiga “anguiy” ya’ni barmoq deyilgan. Bir En/el/ о‘rta barmoqning bir bug‘ini barobari oralqdir. U metrik sistema uzunlik о‘lchov birligi bilan hisoblaganda 2,032 sm ga teng. О‘zbekiston hududida uni arpa donlari yoki ot qili bilan ham о‘lchangan. Bir en/el/ 6 arpa eni yoki 36 ot qilining yо‘g‘onligiga teng.
Qarich – qо‘l barmoqlari orasidagi masofa. Qurilish yoki xо‘jalik ishlarida ishilatiladi. О‘rtacha odamning jimjilog‘i uchidan bosh barmog‘i uchigacha bо‘lgan uzunlik 1 qarich =22 sm.
Suyam - bosh barmoq bilan kо‘rsatkich barmoq orasidagi masofaga teng. U taxminan 18-19 sm atrofida bо‘lgan. Suyamning katta – kichikligi barmoqlarning uzun qisqaligiga bog‘liq. Suyam asosan Farg‘ona vodiysi, Kavkaz vohasiga qarashli yerlarda yashagan aholi о‘rtasida ishlatilgan.
Gaz - о‘rtacha bо‘yli odamning engagidan yonga chо‘zilgan о‘ng yoki chap qо‘li uchigacha bо‘lgan uzunlikka teng. Gaz dastlabki paytlarda 62 sm ga teng bо‘lgan. Gazni musht, barmoq eni arpa donalari, ot qili bilan о‘lchaganlar. 1gaz teng 7 musht = 24 en = 144 ot qili = 62 sm. Gazning miqdori О‘zbekistoning turli – tumanlarida turlicha bо‘lgan. Bu shu yerlarning shart – sharoitlari , savdo-sotiq, xо‘jalik ishlarida tarkib topgan munosabatlarga bog‘liq. Gazning eng kesim Xorazm gazidir. U 30-40 sm ga teng. Ba’zi joylarda 3-3,5 barobar ortiq yurgan. Chunonchi, Andijonda, Marg‘ilonda 1 gaz 83-85 sm ga teng. Samarqand va Turkistonda 88,9 sm ni tashkil etgan.
Arshin – deb qо‘l uchidan tirsakkacha bо‘lgan uzunlikdan bir yarim marta katta masofaga aytiladi. Arshin asosan chet el gazlamalarini о‘lchashda qо‘llanilgan bо‘lib, 68 sm ga teng. О‘rta Osiyoda, arshin kattaroq miqdorda olingan. Bir arshin 71-72 sm teng keladi. Bunday arshin-olchin deb atalgan.
Quloch – yon tomonlarga chо‘zilgan о‘ng va chap qо‘l barmoqlari orasidagi masofa. Dastlab qarich bilan о‘lchab taqqoslab о‘lchagan. Bir quloch 8 qarich yekladi. 1 quloch=2 olchin=142,24 sm. Bu xil quloch asosan Buxoroda ishlatilgan. Farg‘onada esa 167,5 sm ga teng.
Poy – о‘lchovi juda qadimdan qolgan о‘lchovlardan biri bо‘lib, о‘rtacha gavdali odam oyog‘ining tovonidan, panjasi uchigacha bо‘lgan oraliqqa tengdir. Taxminan 25 sm keladi. Demak, 4 pay 1 metr hisoblanadi. Kurilish ishlarida, xо‘jalikda kо‘p ishlatilgan.
Qadam – xо‘jalik ishlarida, xususan kurilishda qо‘llanilgan. Biron yerning buyi va enini aniqlab olish uchun qadamlab kо‘rilgan. Demak, qadam odimlayotgan о‘rtacha bо‘y odamning oyoqlari orasidagi uzunlikka teng. Qadam о‘rtacha 70 sm.

Download 43.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling