15- mavzu: Tarixiy metrologiya vazifalari, rivojlanishi. G‘arb mamlakatlari metrologiyasi. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo’llanilgan o’lchov birliklari


Download 43.82 Kb.
bet1/7
Sana11.01.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1088156
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Seminar-15




15- mavzu: Tarixiy metrologiya vazifalari, rivojlanishi. G‘arb mamlakatlari metrologiyasi. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo’llanilgan o’lchov birliklari.


REJA.

  1. Metrologiya fanini vujudga kelishi va rivojlanishi.

  2. О‘rta Osiyo, О‘zbekistonda о‘lchov birliklari tarixi.




  1. Qadimgi Sharq va Yevropadagi o'lchov birliklari.



Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Telling the truth about history / Joyce Appleby, Lynn Hunt, Margaret Jacob. W.W. NORTON & COMPANY, New York • london, 1994.

  2. Rustamov M.T “Yordamchi tarix fanlari” Metrologiya (Maxsus kurs) - T., 1998.

  3. Tolibov R. «Yordamchi tarix fanlari asoslari» (Ma'ruzalar matni). - Navoiy, 2006.



Metrologiya fanini vujudga kelishi va rivojlanishi. Metrologiya - o'lcham to'g'risidagi fan. Metrologiya yunoncha “metr” (metron) - o'lcham, о‘lchayman va (logos) - fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, o'lchov birliklari tarixini o'rganuvchi fan ma'nosini beradi. Demak, metrologiya о‘lchash tо‘g‘risidagi, birliklar, hajm, uzunlik, og‘irlik, kenglik va hakazo о‘lchamlari haqidagi fandir.
Metrologiya yordamchi tarix fani sifatida o'lchov birliklari qachon va qay tariqa paydo bo'lgani, turli o'lcham birliklari sistemalari tashkil topishi va rivojlanishi, mamlakatimizda yashayotgan turli xalqlar orasida qo'Ilanib kelinayotgan o'lchov birliklari, qadam o'lchov birliklarini hozirgi metrik sistema o'lchov birliklari bilan taqqoslab tartib - qoidalari bilan tanishtiradi.
Metrologiyaning nazariy, xususan amaliy ahamiyati katta. O'lchov birliklari va o'lchov sistemalari madaniyat tarixining tarkibiy qismidir. Ular yordamida muayyan davlat va xalqning ma'lum tarixiy davrdagi moddiy ishlab chiqarish darajasini aniqlash, ilmiy va amaliy bilimlarning rivojlanish yo'llarini o'rganish mumkin.
Bu fan qadim – qadimdan paydo bо‘lib, rivojlanib, shakllanib kelmoqda. Ayniqsa, buni biz ilk tashkil topgan davlatlar misolidayam kо‘rishimiz mumkin. Misol uchun qadimgi Misr, Mesopotamiya, Gretsiya va shu kabi davlatlar о‘lchamlarning dastlabki oddiy yoki sodda kо‘rinishlari paydo bо‘lgan hududlar sanaladi. Bu yerlarda qarich, odim, quloch kabi о‘lchov birliklaridan keng foydalanilgan. Agar soliq olinadigan, hosil о‘chanadigan bо‘lsa chamalab bо‘lingan.
О‘rta asrlarga kelib endi hayot turmush tarzi о‘zgargani kabi, о‘lchov birliklari endi rivojlana takomillasha bordi. Bunday birliklarga biz gaz , farsax, milya, yard, tanob, tuman va boshqa о‘lchovlarni kiritishimiz mumkin. Osiyo xalqlarida masofani о‘lchash uchun hattoki, bir kunlik, ikki kunlik yо‘l tarzida kun bilan о‘lchangan. Tanob bо‘lsa, yer о‘lchov birligi bо‘lib, bu atama asosan dehqonlar tomonidan va soliqchilar tomonidan qо‘llangan.
Qopda, chelak va bog‘ kabi о‘lchamalar ham oddiy va sodda kо‘rinishda bо‘lib odamlar orasida, ayniqsa dehqonlar tabaqasida kо‘plab ishlatilgan.
О‘lchov birliklari qadim zamonlardan beri mavjud bо‘lib, ularni xо‘jalikda. Savdo – sotiqda, qurilish ishlarida doimo foydalanib kelgan. Birliklarni hisoblash asboblari dastlab insonning qо‘l va oyog‘i bо‘lgan. Bu birliklardan hozirgacha foydalanib kelayapmiz. Bir kо‘nlik yо‘l,bir о‘q otim, bir qop, bir kosa, bir tegirmon va hakozo birliklari keyinchalik paydo bо‘lgan. Har bir xalq tomonidan qabul qilingan birliklar nomi ham turlicha, umuman birliklarning о‘zi ham juda kо‘p bо‘lgan. Nomi va mazmuni bir xil bо‘lgan birliklar kо‘pchilik mamlakatlarda ishlatishiga qaramay, ularning qiymatlari mazkur mamlakatlarda turlicha bо‘lib, biridan, ikkinchisi keskin farq qiladi. Shu sababli bitta birlik har – xil nom bilan yuritilgan. Buning natijasida kо‘plab qeynchalik butun dunyoga bir xil birdiklar qabul qilish taklif qilishadi.
Olimlar asrlar davomida о‘zgarmaydigan birliklar “etalonlar” tanlashni taklif qilganlar. Masalan X. Gyuygens 1664 yili bir sekundda bir marta tebranuvchi mayatnik uzunligini uzunlik birligi qilib olishni taklif qiladi. Kilogramm 1870 yillarda qabul qilingan. Metr etaloni 1799 yili yasaladi. Bir metr uchun, Yer meridiani chorak qismining о‘n milliondan bir bо‘lagi qabul qilingan, lekin Yer meridiani qayta о‘lchanganida metr etalonini о‘zgartirishga tо‘g‘ri keldi. Shuning uchun 1799 yili yasalgan etalon deb qabul qilingan.
Vaqt birligi tabiatdan olingan, lekin soat, minut va sekund 60 raqami bilan ifodalanishga sabab qadimiy Vavilonda oltmishlik hisoblash sistemasi (bizda о‘nlik sistema) bо‘lgan, shuning uchun bir soat 60 minut qilib qabul qilingan.




  1. Download 43.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling