Noaniq o'lchov birliklari.
Aniq uzunlik o'lchov birliklaridan tashqari noaniq uzunlik o'lchov birliklari ham bo'lgan.
Gazvor - kamondan otilgan o'qning otilgan joyidan borib tushgan yerigacha bo'lgan masofaga teng. Bu gazvor taxminan 60-70 m.ga to'g'ri keladi.
Bir kunlik piyoda yo'l o'rtacha hisobda ko'pi bilan 20-25 kin.ni tashkil etadi.
O'rta Osiyoda juda qadimdan ma'lum bo'lgan o'lchov birliklaridan biri yuza o'lchov birliklaridir.
Qadim zamonlardan boshlab yuza qo'shlik (juftgaz) jarib, quloch, tanob, gaz, chorak o'lchov birliklari bilan hisoblab kelingan.
Bir kushlik yer qo'sh ho'kiz bilan bir mavsum davoinida haydaladigan ekin maydoniga teng. Taxminan 9 ta desyatina keladi. Xalq orasida uni juftgaz deb atashgan.
Jarib deb yuzaga 3609 kvadrat tirsak keiadigan ekin maydoniga aytiladi. Odatda u bir tanobga teng XIV-XV asrlarda bir jarib 36000 kv.gaz barovari hisoblangan. 0,37-0,39 ga.
Arqon - bir arqon 15 quloch yerga teng bo'lgan. 15 quloch yerga (teng bo'lgan) tanob hisobiga yurgan. Demak 2 arqon 1 tanobga teng bo'lgan. Tanob so'zi arqon demakdir. U aslida uzunlik o'lchov birligi. Bir tanob, Xivada 60 gazga teng boMgan. Bir gaz esa u yerda 102-104 sm barovari yurgan. Demak, eni yoki bo'yi 61,2-62,4 m.gacha cho'zilgan yer bir tanob hisoblangan.
Vazn o'lchov birliklari. Og'irlik o'lchov birliklari O'rta Osiyoda juda qadimdan ma'lum.
Dirxam - dastlab kumush tangacha berilgan nom bo" lib, keyinchalik og'irlik o'lchov birligi sifatida qo'llanila boshlanadi. U 4 g.ga yaqin og'irlik boMgan. Og'irlik o'lchov birligi sifatida qo'llanilganda 3,1-3,3 g miqdorida hisoblangan.
G'ariboq - har joyda har xil ishlatilgan. O'rtacha hisobda 128 gr atrofida bo'lgan.
Guriv - 0,5 kg.ga to'g'ri keladi. Bir guriv taxminan bir hovuchga barovarlashtirilgan.
Qadoq - 409,512 gr. turli vaqda, turli joylarda har xil ishlatilgan.
Keyinchalik yillarda qadoq zaminida bir qancha kichik og'irlik oMchovlari paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |