15- mavzu: Tarixiy metrologiya vazifalari, rivojlanishi. G‘arb mamlakatlari metrologiyasi. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo’llanilgan o’lchov birliklari


Download 43.82 Kb.
bet3/7
Sana11.01.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1088156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Seminar-15

Chaqirim – katta masofalarni о‘lchashda ishlatilgan. Bir qishloq bilan, ikkinchisi orasidagi yо‘l chaqirim hisobida aniqlangan. 1 chaqirim = 1500 olchin=1,0668 km.
Tosh – chaqirimdan bir necha barobar yirik о‘lchov birligidir. Katta masofalarni, olis yerlarni hisoblashda ishlatilgan. Ba’zi manbalarda bir tosh 8 chaqirim 447 sajenni tashkil etadi.
NOANIQ О‘LCHOV BIRLIKLARI. Aniq uzunlik о‘lchov birliklaridan tashqari noaniq uzunlik о‘lchov birliklari ham bо‘lgan.
Gazvor – kamondan otilgan о‘qning otilgan joyidan borib tushgan yergacha bо‘lgan masofaga teng. Bu gazvor taxminan 60-70 metrga tо‘g‘ri keladi.
Bir kunlik piyoda yо‘l – о‘rtacha hisobda kupi bilan 20-25 km ni tashkil etadi. Bir kunlik otliq yо‘l – taxminan 50-75 km ga boradi. О‘rta Osiyoda juda qadimdan ma’lum bо‘lgan о‘lchov birliklaridan biri yuza о‘lchov birliklaridir. Qadim zamonlardan boshlab yuza qо‘shlik (juftgaz) jarib, qо‘loch, tanob, gaz, chorak о‘lchov birliklari bilan hisoblab kelingan.
Bir qо‘shlik – yer qо‘sh hо‘kiz bir mavsum davomida haydaydigan ekin maydoniga teng. Taxminan 9 desyatina keladi. Xalq orasida uni juftgaz deb atashgan.
Jarib – deb yuzasi 3609 kvadrat tirsak keladigan ekin maydoniga aytiladi. Odatda u bir tanobga teng. XIV – XV asrlarda bir jorib 3600 kv gaz barovari hisoblangan 0,37 ga.
Arqon – bir arqon 15 quloch yerga teng bо‘gan. 15 quloch yer tanob hisobiga yurgan. Demak, 2 arqon 1 tanobga teng bо‘lgan. Tanob sо‘zi arqon demakdir. U aslida uzunlik о‘lchov birligi. Bir tanob, Xivada 60 gazga teng bо‘lgan. Bir gaz esa u yerda 102-104 sm barobari yurgan. Demak eni yoki bо‘yi 61,2-62,4 m. gacha chо‘zilgan yer bir tanob hisoblangan.
Dirham – dastlab kumush tangaga berilgan nom bо‘lib, keyinchalik og‘irlik uchun qо‘llangan. U 4 grammga yaqin og‘irlikda bо‘lgan.
Gariboq – har joyda har-xil ishlatilgan. О‘rtacha hisobida 128 gr atrofida.
Guriv – 0,5 kg.ga tо‘g‘ri keladi. Bir guriv tahminan, bir hovuchcha barobar.

Download 43.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling