15- m’ruza Mavzu: Metallardagi gaz korroziyasi. Reja


-rasm. Ko‘p qatlamli adbsorsiyada adsorbent yuzasini to‘ldirish sxemasi


Download 0.69 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1584944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАЪРУЗА 15

15.7-rasm. Ko‘p qatlamli adbsorsiyada adsorbent yuzasini to‘ldirish sxemasi.
15.7-rasmda Brunau-era nazariyasi bo‘yicha metall yuzasini adbsorblovchi modda bilan to‘ldirish sxemasi keltirilgan.

Metall yuzasidagi kislorod adbsorsiyasi va oksidlarni hosil bo‘lishi.
Kislorod molekulalari metal yuzasida adsorbsiyalanishi qaytar bo‘lib hisoblanadi. Yuza birligiga to‘g‘ri keladigan adsorbatlar miqdori Ro2/Rs nisbatning ortishi bilan ortadi. Bu yerda: Ro2 adsorbat ustidagi kislorod bosimi, o‘rganilayotgan haroratda kislorod to‘yingan bo‘g‘ining bosimi. 5.6-rasmdan ko‘rinib turibdiki eksperimental bog‘liqlik 15.5-rasmdagi izotermaga o‘[shash. Dastlab bir molekulali adbsorbsiya amalga oshadi, Ro2/Rs nisbatning ba’zi bir qiymatidan boshlab, ko‘p qavatli fizik adbsorsiya boshlanadi. Vaqt o‘tishi bilan odatda adbsorsiya tezligi ortadi, harorat baland bo‘lsa adbsorsiya tezroq bo‘ladi.15.6-rasmda kislorodning kumushdagi adbsorsiyasining kinetik egri chizig‘i keltirilgan.
Dastlab adbsorsiya qatlami hosil bo‘ladi va keyinroq bu qatlam oksid qatlamiga aylanadi. Kislorodning birinchi qismi sezilarli darajadagi issiqlikning ajralishi bilan yutiladi, shunday qilib izobar potensial kamayadi va jarayon o‘z o‘zidan amalga oshadi. Kislorod adbsorbsiyasining issiqlik samarasi, oksid hosil bo‘lishi issiqlik samarasi kabidir. Shuning uchun ham kislorod adbsorsiyasini O2 ning metal yuzasi bilan o‘zaro kimyoviy ta’siri kabi qarash mumkin.
Adsorbsiyalangan kislorod va metall o‘rtasidagi kimyoviy aloqa ionli tasnifga ega. Metall elektronlari kislorod atomlariga tortiladi. Kislorod atomlari manfiy zarrachalarga aylanadi. Yuzada faqat kislorodning bir qavati bo‘lganda, yangi faza sifatida oksid hosil bo‘lmaydi.



15.8 -rasm. 77 K da kislorodning aluminiydagi adsorbsiyasi izotermasi (Skorcheletti ma’lumoti).

15.9-rasm. Turli haroratlarda kislorodning kumushdagi adsorbsiyasi kinetikasi (Ro2= 200 mm rt. st.).
Metal kationlari va kislorod anionlarining o‘zaro joylashuvi kristall panjara strukturasiga o‘xshash bo‘lganda oksid hosil bo‘ladi. Shunday fikrlar borki, kislorodning xemosorbsion qatlamidan oksidga o‘tishi metall va oksid panjaralari o‘rtasida kristallokimyoviy o‘xshashlik mavjud bo‘lsa va metal hamda oksid ionlari orasidagi masofa o‘zaro yaqin bo‘lganda yengil bo‘ladi. Adsorblangan kislorod ionlari metal yuzasi ostiga kirib, chuqurlikda oksid hosil qiladi. 15.10-rasmda xemosorbsion qatlam va metall oksidining tuzilish sxemasi keltirilgan.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling