15- m’ruza Mavzu: Metallardagi gaz korroziyasi. Reja


rasm. Lengmyur izotermasi


Download 0.69 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1584944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАЪРУЗА 15

15.5. rasm. Lengmyur izotermasi.


(15.14)
hosil bo‘ladi.
(15.214) tenglama izoterma tenglamasi deyiladi, uning grafik ko‘rinishi 15.5-rasmda berilgan. Θ=1 bo‘lganda grafikda gorizontal bir qavatli to‘ldirilgan uchastka hosil bo‘ladi.
Bu sharoitda yuzani to‘ldirish darajasi past va bosimga proprsional bo‘ladi. (15.14) ifoda taqsimlanish qonunini ifodalaydi va Genri izotermasi deyiladi. Yuqori haroratda 1+bR bR tahmin to‘g‘ri bo‘ladi va (15.14) tenglamadan Θ= 1ni olamiz.
Bu shuni bildiradiki, metall yuzasidagi barcha faol markazlar adsorbirlangan modda bilan to‘ldirilgan bo‘ladi va gaz fazada parsial bosimni keyingi ortishi, qattiq jism yuzasidagi adsorblangan moddalarni miqdoriga ta’sir qilmaydi. Bu holatga izoterma egri chizig‘ining to‘g‘ri chiziq qismi mos keladi (15.5-rasm).
Agar metall yuzasida gaz aralashmasi adsorbsiyalansa, metall yuzasini i- gaz bilan to‘lishi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
(5.15)
n hamma gaz komponentlarining yig‘indisi olinadi.
Ko‘p hollarda qattiq jism yuzasi energetik jihatdan bir hil bo‘lmaydi. Ular turlicha adsorbsiya issiqligiga ega bo‘lgan bir qator elementar maydonchalardan iborat bo‘ladi.
Adbsorbsiya bir va ko‘p molekulali bo‘lishi mumkin. Ko‘p molekulali adbsorbsiyada adsorbent yuzasida bir necha qatlam hosil bo‘ladi. Birinchi qatlam bir molekulali qatlam adsorbent va qattiq jism yuzasidagi o‘rtasidagi kuchlarning o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Ikkinchi va undan keyingi qatlamlarni Vander-vals kuchlari ushlab turadi. Adsorbat qatlamlari yuza bo‘ylab notekis taqsimlanadi. Ba’zi uchastkalarda ular ikki yoki uch qatlam bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir qavat bilan qoplangan yoki adsorbatdan umuman holi bo‘lgan qatlamlar ham bo‘lishi mumkin (15.6-rasm).


15.6-rasm. Adbsorsiya izotermasi.
15.6-rasmda kislorod adbsorsiyasi izotermasi keltirilgan. ab va bs uchastkalar bir qatlamli, sd uchastkasi ko‘p molekulali.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling