15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
14 – PARAGRAF
1. Old Osiyoda dastlabki davlatlar qachon vujudga keladi ? Mil.avv. 2-ming yillikda 2. Mil.avv. 2-ming yillikda Old Osiyoda vujudga kelgan dastlabki davlatlar qaysilar ? Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya 3. Xett davlatiga qachon va qayerda asos solinadi ? Mil.avv. XVIII asrda Kichik Osiyoda (hoz. Turkiya) 4. Xett davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Xattusa 5. Xettlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik 6. Xettlar qaysi davlatning anchagina qismini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilgan ? Suriyani 7. Mitanni podsholigi qayerda vujudga kelgan ? Hozirgi Suriya hududida 8. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan Mitanni davlati qaysi davlatning asosiy raqibiga aylangan ? Xett davlati 9. Urushlarda Mitanniliklar qanday qo’shindan foydalanishgan ? Otliq qo’shindan 10. “Taran” nima ? Devorni buzishda qo’llaniladigan yog’och qurol 11. Mitanniliklarning Xettlar poytaxti Xattusani bosib olishda qanday qo’shin hal qiluvchi ro’l o’ynaydi ? Otliq qo’shin 12. Xett podsholigi qayta kuchaygan davrni aniqlang. Mil.avv. XIV asr boshlarida 13. Mil.avv. XIV asrda Xett podsholigi qayta kuchaygan davrda qaysi hududlarni urushib qaytarib oladi ? O’rtayer dengizi bo’ylarini va Mitannini bosib oladi 14. Xettlar qaysi davlat tahdidi ostida Misr bilan sulh tuzadi ? Ossuriya 15. Xettlar davlati qachon va kimlarning bosqini natijasida butunlay vayronaga aylanadi ? Mil.avv. XIII asr oxirida “dengiz xalqlari” bosqini natijasida 16. Qadimgi zamonlarda ossuriyaliklar qayerda yashaganlar? Dajla daryosining yuqori oqimida 17. Qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti qaysi shaharlar bo’lgan? Avval Oshshur, keyin Nineviya 18. Ossuriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Dehqonchilik va savdo-sotiq 19. Ossuriya davlati qachon tashkil topgan? Mil.avv.XX asrda 20. Ossuriya podsholigi qachon va kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi? Mil.avv. XIII asrda podsho Salmanasar 21. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi ... qayta yuksaladi 22 Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda qaysi hududlarni bosib oladi? Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini 23. Ossuriyaning qaysi shahrini hukmdorlari haddan tashqari shavfqatsizligi sababli “Qonga botgan shahar”, “Sherlar darasi” deb atashgan? Nineviyani 24. Ossuriyada kimni hukmronligi davrida Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil etiladi? Oshshurbanapal 25. Mil.avv. 627-yilda Ossuriya tarkibidan dastlab qaysi davlat ajrab chiqadi? Avval Bobil, so’ngra Midiya 26. Bobil va Midiya birlashib nechanchi yilda Oshshur va Nineviyani zabt etadi? Mil.avv.612-yilda 27. Ossuriya davlati qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.605-yilda 28.Qadimgi Urartu davlati qayerda joylashgan edi? Kavkazortida, Van, Sevan, Urmiya ko’llari oralig’ida 29. Urartlarda yagona davlatning tashkil topishi nimani tezlashtiradi? Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini 30.Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo’lmagan urartlar jangda qanday taktikaga amal qilishgan? To’g’ridan-to’g’ri jangga kirmaslik 31.Urartu davlati gullab-yashnagan davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? Mil.avv. IX-VIII asrlarni 32.Urartu davlati kimlarning davrida gullab-yashnagan? Sardur I va Menua 33. Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Tushpa 34. Mil.avv. 714-yilda qaysi davlat armiyasi urartlar armiyasini tor-mor etadi? Ossuriya 35. Urartlarning Teyshebaini shahri qaysi davlat tomonidan vayron etiladi? Ossuriya 36. Ossuriyaliklar tomonidan zaiflashtirilgan Urartu davlatini dastlab qaysi qabila o’ziga tobe etadi? Skif 37. Skif qabilalaridan keyin Urartuni qaysi davlat o’ziga tobe etadi? Midiya 38. Urartu podsholigi qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.590-yilda 39. Qadim zamonlarda Finikiya qaysi hududlarda joylashgan edi? O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududi va Suriyaning bir qismida 40. Finikiya qanday o’rmonlarga boy bo’lgan? Ninabargli (kedr) o’rmonlarga 41. Finikiyaliklar kedr yog’ochidan nima yasashgan? Kema 42.Finikiya kedr yog’ochi smolasidan mo’miyo tayyorlash uchun qaysi davlatga olib borilgan? Misr 43. Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Savdo-sotiq 44. Finikiyaliklar chetga asosan qanday maxsulotlar chiqargan? Yog’och, matall, gazlama 45. Finikiyaning O’rtayer dengizi sohilidagi yirik shaharlari qaysilar? Tir, Sidon, Ugarit 46. Finikiyaliklar mil.avv. 2-ming yillikda qaysi hududlarda koloniyalarga asos solishadi? Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida, keyinchalik Shimoliy Afrika, Ispaniya sohillarida, Sardiniya va Sitsiliyada 47. Finikiyada Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrlarda vujudga kelgan? Mil.avv. X-IX asrlarda 48. Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrda Ossuriya tomonidan bosib olinadi?Mil.avv. VIII asrda 49. Finikiyada nechanchi asrda alifbo yaratiladi? Mil.avv. X asrda 50. Finikiya alifbosi nechta harfdan iborat edi? 22 ta undosh harfdan 51. Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari nechanchi ming yillikda ko’chib kelgan? Mil.avv. 2-ming yillikda 52. Isroil podsholigi qachon va qayerda vujudga keladi? Mil.avv. XI asrda Falastin hududida 53. Isroil-Yahudiy podsholigi ikkiga bo’linib ketgandan keyin uning qaysi qismida Isroil podshiligi vujudga keladi? Shimoliy Falastin. Yahudiy podsholigi esa Janubiy Falastin hududida 54. Isroil podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Ossuriya 55. Yahudiya podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Bobil 56. Bobil Yahudiy podsholigini nechanchi yilda bosib oladi? Mil.avv. 586-yilda 57. Qadimgi yahudiylarning afsonalari nimaga yozib qoldirilgan? Diniy kitoblarga Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling