15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet13/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

15 – PARAGRAF
1. Axamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigiga nechanchi asrda asos solingan ? Mil.av. VI asrda
2. Eron hududida dastlab qaysi qabilalar yashagan ? Kassiylar va elamiylar
3. Eron hududiga mil.av. IX asrda kimlar ko’chib keladi ? Midiyaliklar va forslar
4. Mil.av. 3-ming yillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada qaysi davlat vujudga kelgan ? Elam
5. Elam davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Suza
6. Mil.av. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g’arbda joylashgan qaysi hududda qabilalar ittifoqi vujudga keladi ? Midiyada
7. Midiya davlati kimni davrida qudratli davlatga aylanadi ? Kiaksar
8. Midiya davlati qachon qudratli davlatga aylanadi ? Mil.av. VII asrda
9. Mil.av. 612-605-yillarda Midiya davlati qaysi davlat bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oladi ? Bobil bilan
10. Qadimda Fors viloyati qaysi hududda joylashgan edi ? Eron janubida , Fors ko’rfaziga tutashgan yerlarda
11. Mil.av. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan kim barcha forslarni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi ? Kir II
12. Kir II mil.av. 539-yilda qaysi hududlarni bosib oladi ? Armaniston , Midiya va Bobilni
13. Kir II O’rta Osiyodagi qaysi qabilalar ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi ? Sak va massagetlar
14. Kir II ni istilochilik siyosatini kimlar davom ettiradi ? Kambiz II va Doro I lar
15. Doro I hukm surgan davr ? Mil.av. 522-486-yillar
16. Doro I butun mamlakat uchun qanday nomdagi yagona oltin tangani muomalaga kiritadi ? “Doroyi”
17. Ahamoniylarning qaysi hukmdori Persepoldan O’rta yer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan savdo yo’lini qurdiradi ? Doro I
18. Ahamoniylarning qaysi hukmdori butun saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy o’lkalarga taqsimlaydi ? DoroI
19. Qora dengiz bo’ylarida yashovchi Skiflar ustiga yurish qilgan Fors shohi kim ? Doro I (Mil.avv. 521-yilda)
20. Doro I tomonidan qaysi hududlarni egallanishi yunon – fors urushlarini boshlanishiga olib keladi ? Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi
21. Ahamoniylarning qaysi hukmdori davrida Hindiston shimolidan O’rta yer dengiziga qadar ulkan imperiya barpo bo’ladi ? Doro I
22. Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari qaysilar ? Suza va Ekbatana
23. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan ? Persepol
24. Qadimgi Forslar qanday belgilar bilan yozishgan ? Mixxatsimon
25. Qadimgi Fors shohlarining bitiklari qaysilar ? Behistun, Naqshi Rustam va Persepol saroyi devorlari
26. Makedoniyalik Aleksandr Fors davlatini qachon bosib oladi ? Mil.av. 330-yilda
27. Ahamoniylar davlati qancha hukm surgan ? 200 yildan ziyod

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling