15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
16 – paragraf
1. Qadimgi Hindiston qaysi hududda joylashgan edi ? Hindiston yarim oroli va Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarida 2. Qadimgi Hindistonning tabiiy sharoiti qaysi davlatlarga o’xshagan ? Misr va Mesopotamiya 3. Hind daryosi vodiysida dastlabki shaharlar qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 3-ming yillikda 4. Hindistonning eng qadimgi shaharlari qaysilar ? Moxenjodaro va Xarappa 5. Moxenjodaro va Xarappa qaysi daryo havzasida joylashgan ? Hind 6. Moxenjodaro shahri aholisi - mohir kulol va zargar bo’lgan 7. Qadimgi Hindiston aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik 8. Hind daryosi vodiysi qachondan boshlab zavolga yuz tutadi ? Mil.av. XVIII asrdan 9. Mil.av. 1500-yillarda Hindiston hududiga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Oriylar 10. Olimlarning farazicha oriylar qayerda yashagan ? Sharqiy Yevropa va Uralda 11. Maxenjodaro va Xarappa kimlarning hujumidan so’ng butunlay vayronaga aylanib qayta tiklanmaydi ? Oriylarning 12. Qadimgi Hind rivoyatlarida aytilishicha qaysi hudo har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga tushadi, tungi zulmatni parokanda qilib , odamlarga harorat va yorug’lik ulashish uchun ufqdan bosh ko’taradi ? Quyosh xudosi 13. Qadimgi Hindistonda qaysi xudo osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylaguvchi momoqaldiroq xudosi hisoblanadi ? Indra 14. Qadimgi Hindistonliklarning e’tiqodicha boshi filnikiga o’xshagan donishmand xudo qaysi ? Ganesha 15. Qadimgi Hindistonda sigirni o’ldirgan kimsaga qanday jazo berilgan ? Jamiyatdan haydab yuborilgan 16. Qaysi xalqlar jon bir tandan boshqasiga ko’chib o’tishiga e’tiqod qilishgan ? Hindlar 17. Qadimgi hindlar qanday yumush bilan shug’ullanishiga qarab necha guruhga ajratilgan ? 4 guruhga 18. Qadimgi Hindistonda tabaqalar nima deyilgan ? Kasta yoki Varna 19. Qadimgi Hindistondagi tabaqalar qaysilar ? Braxmanlar, kshatriylar, vayshilar, shudralar 20. Braxmanlar kimlar ? Kohinlar 21. Kshatriylar kimlar ? Jangchilar 22. Vayshilar kimlar ? Dehqon , hunarmand va savdogarlar 23. Shudralar kimlar ? Xizmatkor va qullar 24. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Kohinlar qayeridan yaratilgan ? Dahanidan 25. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Jangchilar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Qo’llaridan 26. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Dehqonlar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Qovurg’asidan 27. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Xizmatkorlar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Tovonidan 28. Qadimgi Hindistonda tabaqalardan birortasiga ham mansub bo’lmaganlar nima deyilgan ? “Chandallar” 29. “Chandal” so’zining ma’nosi nima ? “Xazar qilinganlar” 30. Qadimgi Hindistonda kimlar odamlar ularga tegib ketmaslik uchun maxsus kiyim kiyib yurishgan ? Chandallar Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling