15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet17/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

20 – PARAGRAF
1. Mil.av. VII –VI asrlarda O’zbekiston hududida qaysi elatlar yashagan ? So’g’diylar ,baqtriyalikalr, xorazmliklar, sak va massagetlar
2. So’g’diylar qadimda qaysi hududlarda yashagan ? Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida
3. Amudaryoning quyi qismida qadimda qaysi davlat joylashgan ? Xorazm
4. Baqtriya qadimda qaysi hududda joylashgan ? Surxondaryo viloyati, shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston hududlarida
5. “Avesto”da Sug’doyona nima deyilgan ? So’g’da
6. Behistun yozuvlarida So’g’diyona nima deyilgan ? So’g’uda
7. Xorazm “Avesto”da nima deyilgan ? Xvarizam, Behistunda Xvarazmish, Yunon – Rim manbalarida Xorasmiya
8. Baqtriya “Avestoda” nima deyilgan ? Baxdi, Behistunda Baqtrish, Yunon-Rim manbalarida Baqtriana
9. Amudaryoning quyi oqimida yashagan qadimgi aholi nima deyilgan ? Xorazmliklar
10. Qadimda O’zbekistonning cho’llari va Amudaryoning bo’ylarida yashagan ko’chmanchi aholi nima deyilgan ? Massagetlar
11. Qadimda O’rta Osiyoning tog’lik, dasht va cho’l yerlarida asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan qaysi qabilalar yashagan ? Saklar
12. Saklar qachon o’z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzadi ? Mil.av. VI asrda
13. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishicha sak qabilalari necha guruhga bo’lingan ? 3 guruhga
14. Saklarning ko’pchilik qismini qaysi guruhi tashkil etgan ? Saka tigra haudalar
15. O’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar qaysilar ? Saka tigra haudalar
16. Saka tigra haudalar qayerda yashashgan ? Hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida
17. Saklarning ikkinchi guruhiga qaysilar kiradi ? Saka tiay taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar
18. Saka tiay taradarayyalar qayerda yashashgan ? Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimida
19. Saklarning uchinchi guruhi saka xaumovarkalar qayerda yashashgan ? Pomirning tog’li tumanlari va Farg’onada
20. Qadimda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Sun’iy sug’orma dehqonchilik
21. Sak va massagetlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Chorvachilik
22. O’tra Osiyo hududida dastlabki shaharlar qachon rivojlanadi ? Mil.av. VII-VI asrlarda
23. Afrosiyob qayerda joylashgan ? Samarqandda
24. Yerqo’rg’on va Uzunqir qayerda joylashgan ? Qashqadaryoda
25. Ko’zaliqir qayerda joylashgan ? Xorazmda
26. Qiziltepa qayerda joylashgan ? Surxondaryoda
27. O’rta Osiyodagi qadimgi shaharlarning o’ziga hos belgisi nima ? Shaharlarning mudofaa devorlari bilan o’ralganligi
28. Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda
29. Mil.av. VII asrda Marg’iyona va So’g’diyona qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya
30. Mil.av. VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya
31. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari o’rnida Qaysi davlatlarning markaziy shaharlari joylashgan ? Qadimgi Baqtriya va So’g’d
32. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari necha yillik tarixga ega ? 2700 yillik
33. Qadimgi Xorazm davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda
34. Qadimgi Xorazm davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan ? Ko’zaliqir
35. O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish qachon boshlanadi ? Mil.av. IX-VIII asrlarda
36. Afrosiyob shahriga qachon asos solingan ? Mil.av. VIII-VII asrlarda

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling