Mavzu: Qadimg


Download 84.23 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi84.23 Kb.
#1019689
  1   2
Bog'liq
Qadimgi Baqtriya Xorazm va So’g’diyona davlatlari


Mavzu: Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sog’diyona davlatlari.
Reja
1. Qadimgi Baqtriya podsholigi
2. Qadimgi Xorazm davlati
3. Qadimgi Sug‘diyona
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“SHohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi SHarq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi SHarqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar etarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya
hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning
shaharlarga aylanish.
3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
4. SHarqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi YOz I
madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar YOz I madaniyati
davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta- Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. YUqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. YUnon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab
shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.
Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan

Download 84.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling