15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet22/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

28 – PARAGRAF
1. Makedoniya podshosi Filipp II qo’shini qanday guruhlardan tashlik topgan edi ? Suvoriylar va piyodalardan
2. Qaysi mashxur notiq o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi. Lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozi balandligini mashq qilarkan , u dengiz shovqinidan balandroqbaqirishga harakat qilar edi ? Demosfen
3. Qaysi notiq Ellada shaharlarini kezib ularni aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan ? Demosfen
4. Makedonlarga qarshi kurashish uchun Afina shaharlari ittifoqiga qo’shilgan yunon shahri qaysi ? Fiva
5. Qaysi yunon notig’i Filipp II ni istilochi sifatida baholagan ? Demosfen
6. Yunonlar va makedonlar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon va qayerda bo’lgan ? Mil.av. 338-yil 2-avgust kuni Xeroneya shahri yaqinidagi Beotiyada
7. Yunon – makedon urushlari davrida Makedoniyaning qo’shini kimlardan tuzilgan edi ? Erkin fuqarolardan
8. Yunon – makedon urushlari davrida yunonlarning qo’shini kimlardan tuzilgan edi ? Ma’lum haq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlardan va harbiy ta’lim ko’rmagan jangchilardan
9. Filipp II ning suvoriy qo’shiniga kim qo’mondonlik qilgan ? Filipp II ning o’g’li Aleksandr
10. “Yunonlar ozodligi Xeroneya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi” deb kim yozgan ? Demosfen
11. Filipp II o’zini yunonlar poshosi deb e’lon qilmay, yunonlar bilan kimlarga qarshi ittifoq tuzadi ? Forslarga
12. Qachon barcha yunon shahar-davlatlari Korinfga yig’ilib, Makedoniya hokimiyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzadi ? Mil.av. 337-yilda
13.Mi.av. 337-yilda Korinfda bo’lgan yig’ilishga qaysi yunon shahar-davlati qatnashmaydi ? Sparta
14. Filipp II forslarga qarshi urush uchun qanday bahona o’ylab topadi ? Yunon-fors urushlari davrida yetkazilgan zarar uchun qasos olish va Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolari haykallarini asirlikdan ozod qilish
15. Filipp II qachon o’z saroy a’yonlari tomonidan o’ldiriladi ? Mil.av. 336-yilda
16. Filipp II ni o’rniga taxtga kim o’tiradi ? O’g’li Makedoniyalik Aleksandr

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling