15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
42-43-PARAGRAF
1. Ko’chmanchi yuejchi qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kiradi ? Mil.av. 140-130-yillarda 2. Tarixda yuechji qabilalari qanday nom bilan tilga olinadi ? Guyshuan (Kushon) 3. Qaysi qabilalarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil – kesil bo’linib ketishiga olib keladi ? Yuechji 4. Kushonlar Baqtriyaning qaysi qismiga kelib o’rnashadi ? Shimoliy Baqtriya yerlariga 5. Kushon davlati nechanchi asrlarda mavjud bo’lgan ? Milodiy I-III asrlarda 6. Birlashgan besh yuechji qabilasining birinchi hukmdori kim bo’lgan ? Kudzula Kadfiz 7. Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlatiga qaysi hududlar qo’shib olinadi ? Afg’oniston va Kashmir 8. Kimni hukmronligi davrida Kushon davlatining hududi yanada kengayadi ? Vima Kadfiz 9. Kimni hukmronligi davrida Kushon davlatining poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko’chiriladi ? Kanishka 10. Kanishka hukmronligi davrida Kushon davlatining hududlari qayerlarni o’z ichiga oladi ? Hindiston va Xo’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan 11. Kushon davlatining inqirozga uchrashiga nima sabab bo’lgan ? To’xtovsiz urushlar 12. Kushon davlati qachon inqirozga uchraydi ? Milodiy III asrda 14. Kimni hukmronligi davrida Kushon podsholigida hukmdor nomi ko’rsatilgan tangalar zarb qilish boshlanadi ? Vima Kadfiz 15. Vima Kadfiz o’tkazgan pul islohotiga ko’ra, tangalar qanday metallardan zarb qilingan ? Oltin, kumush, mis 16. Kimni hukmronligi davrida Kushon podsholigi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga yetadi ? Kanishka 17. Kanishka hukm surgan yillar ? 78-123-yillar 18. Kanishka davrida Kushon podsholigi qaysi davlatlar bilan savdo va elchilik munosabatlarini yo’lga qo’yadi ? Hindiston, Xitoy, Rim 19. O’rta Osiyo hududidan topilgan Kushon davlati yodgorliklari qaysilar ? Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa, Xolchayon 20. Kushon davlati iqtisodiyotini asosini nima tashkil etgan ? Sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik 21. Kushon davlatida yashagan xalqlarning o’zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli O’rta Osiyoda qaysi yozuv keng tarqaladi ? Oromiy yozuvi 22. Oromiy yozuviga asos solgan oromiy qabilalari qayerda yashagan ? G’arbiy Osiyoda. Yozuv ham shu yerda paydo bo’lgan 23. O’zbekistondagi qaysi yodgorlikni o’rganish chog’ida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv na’munalari topilgan ? Eski Termiz 24. Kushon shaklli yozuvi qanday shaklda yozilgan ? Uchburchak, to’rtburchak va aylana shaklida 25. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini qaysi yodgorlikdan topilgan bitiklar tasdiqlaydi ? Surxko’tal 26. Surxko’tal yodgorligi qayerda joylashgan ? Afg’onistondagi Qunduz shahri yaqinidan 27. Surxko’tal yodgorligidan qaysi alifboga asoslangan kushon bitigi topilgan ? Yunon alifbosiga 28. Qaysi hududlarda oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so’g’diy yozuvlari keng tarqalgan ? Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vahalarida 29. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya va So’g’diyona aholisining asosiy dini qaysi edi ? Zardushtiylik 30. Kushon podsholarida kimni hukmronligi davrida O’rta osiyoga buddaviylik dini kirib keladi ? Kanishka 31. Zardushtiylik dini buddaviylik dini bilan birga O’rta Osiyoda nechanchi asrgacha mavjud bo’ladi ? Milodiy VIII asrgacha 32. Kushonlar davriga oid qaysi yodgorliklarda muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo’lgan ? Eski Termiz , Ayritom, Dalvarzintepa 33. Kushonlar davriga oid qaysi hududlardan O’rta Osiyoga buddaviylik dini tarqaladi ? Eski Termiz , Ayritom, Dalvarzintepa 34. Kushonlar davrida O’zbakiston hududida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etadi ? Binokorlik va me’morchilik 35. Kushonlar davriga oid qaysi shaharlar xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan edi ? Dalvarzin va Eski Termiz 36. Kushon podsholigida me’morchilikda asosiy e’tibor qanday inshootlarga qaratilgan ? Saroylar va ibodatxonalarga 37. Xolchayon O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan ? Surxon vohasidan 38. Kushonlar davriga iod qaysi yodgorliklardan o’sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’atkorona na’munalari saqlanib qolgan ? Xolchayondagi Kushon podsholari saroylari, Eski Termiz va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida 39. Qoratepa va Fayoztepa qayerda joylashgan ? Eski Termizda 40. Ud chalayotgan ayollar tasvirlangan mashxur Ayritom frizi qaysi davrga oid ? Kushon podsholigi davriga 41. Kushonlar davriga oid qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan ? Dalvarzintepadan Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling